11 avg 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra: "Xuker men bilan jang qilishdan bosh tortdi"
UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan UFC turnirida nega Rafael Fiziev bilan jang qilayotganini aytib o'tdi.
"Rostini aytsam, Braziliyada men bilan jang qilishga top jangchilarning hech biri rozi bo'lmadi. Iliya Topuriya yaqinda meni mag'lub etdi, u reytingda birinchi o'rinda. Arman chempionlik jangi kutayapti. Jastin Getji faqat kamar uchun jang qilishini aytdi. Maks Xollouey qo'lini sindirdi. Dastin Pore karerasini yakunladi. Den Xuker juda ko'p gapiradi, u bilan bog'liq drama necha yillardan beri davom etayapti, ammo unga qo'ng'iroq qilishganida rad etdi. Oxir-oqibat faqat Fiziev rozi bo'ldi", — dedi Oliveyra AgFight nashriga.
Havola :
Manba : AgFight
Fikrlar