24 sen 17:45
Yangiliklar

Oliveyraning murabbiyi Maxachevga qarshi jang haqida gapirdi
"CHarlzning raqibi juda yaxshi kurashchi. Menimcha, u Xabib Nurmagomedovdan yaxshiroq, chunki Maxachev kurashchi, Xabib esa sambo ustasi.
Islam ham sambo bilan shug'ullangan. Lekin, u birinchi navbatda kurashchi, keyin sambo va MMA jangchisi.
Biz Oliveyra bilan so'nggi to'rt yil davomida birga ishlayapmiz va men uning bu darajada o'sganidan juda hayratdaman. U har doim eng yuqori saviyada kurashgan va men uchun ham hozir uni mag'lub etish qiyin. U hujumda ham, himoyada ham yaxshi.
Biz barcha texnikalar ustida ishlayapmiz va Islam uni parterga o'tkaza olmaydi. Bu sodir bo'lgan taqdirda ham, u o'zi jang qilgan boshqa raqiblar kabi uni ushlab turolmaydi va nazorat qila olmaydi", - dedi Noey.
Maxachev va Oliveyra o'rtasidagi bo'sh chempionlik jangi 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 turnirida bo'lib o'tadi.
Fikrlar