So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

23 noy 19:25
Yangiliklar

SHaxmat, Stol tennisi

Oliy sud sudya va xodimlari o'rtasida o'tkazilgan musobaqadan FOTOREPORTAJ

Oliy sud sudya va xodimlari o'rtasida stol tennisi hamda shaxmat bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

O'zbekiston respublikasi Oliy sudida xodimlarning jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug'ullanish, turli musobaqalar tashkil qilishiga doimiy ahamiyat qaratiladi. 

Oliy sud futbol jamoasi ikki yildan beri “Bosh vazir kubogi” uchun o'tkazilayotgan futbol bellashuvlarida birinchi o'rinni egallab kelayotganligi ham xodimlarning sport musobaqalarida yaxshi natijalarga erishayotganligidan dalolatdir. 

Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrda qabul qilgan “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida   ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha mehnat jamoalari va hududlar o'rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o'tkazish masalalariga alohida etibor berilgan.  

Bu borada Oliy sud raisi tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom ovqatlanish turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi.   

Dastur ijrosi doirasida kuni kecha Oliy sud sudya va markaziy apparat xodimlari o'rtasida stol tennisi va shaxmat bo'yicha sport musobaqalari bo'lib o'tdi.   

Stol tennisi bo'yicha o'tgan bellashuvlarda 64 nafar, shaxmat bo'yicha 28 nafar sudya va sud xodimlari dastlabki saralash boschiqlarida qatnashishdi.

Murosasiz va qiziqarli o'tgan bellashuvlarda stol tennis bo'yicha 1-o'rinni Oliy sud jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hayati katta konsultanti E. Bobojonov, 2-o'rinni Sud amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish boshqarmasi katta konsultanti S. Asqarov, 3-o'rinni Oliy sud ruxsatnomalar byurosi xodimi I. Normatovlar egallashdi. 

Aql charxi bo'lgan shaxmat musobaqalarida 1-o'rin Oliy sud “Kuch adolatda” gazetasi bosh hisobchisi T. Ashurov, 2-o'rinni xo'jalik bo'limi xodimi A. Gudojnikov, 3-o'rinni AKT va axborot xavfsizligini taminlash boshqarmasi bosh konsultanti I. Kabilovga nasib etdi.

G'oliblarga Oliy sud raisining faxriy yorlig'i va musobaqa kuboklari topshirildi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing