13 avg 09:28
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Olti yildan beri mag'lub bo'lmayotgan Riner ikki karra Olimpiada chempioni!
Franciyalik 27 yoshli dzyudochi Teddi Riner yana bir bor mutloq vazn toifasida dunyoning eng kuchli polvoni ekanligini isbotladi.
U Rio Olimpiadasida barcha raqiblarini yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Teddi hal qiluvchi final bellashuvida dzyudo vatani Yaponiya vakili Xisayoshi Xirasavani ikki shido bahosi evaziga mag'lub etdi.
Rinerning Olimpiada medallari soni 3taga etdi. U Pekinda bronza, Londonda esa oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Eng muhimi, Teddining mag'lubiyatsiz seriyasi 115ta bahsga etdi. U 2010 yildan beri mag'lubiyatga uchramayapti. U faqat ikki dzyudochiga yutqazgan. Ulardan biri hamyurtimiz Abdulla Tangrievdir.
Havola :
Fikrlar