So’nggi yangiliklar

00:07Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" йирик ҳисобда зафар қучди, Шомуродовда 1+1, Файзуллаев ҳам захирадан тушиб гол урди (ВИДЕО) 0 23:48Баҳодир Жалолов ва Жавоҳир Умматалиевнинг Манчестердаги ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 23:21Баҳодир Жалоловнинг Манчестердаги жанги етти раунд давом этди 0 22:17Жавоҳир Умматалиев профессионал боксдаги иккинчи жангини ўтказди 0 19:02Мария Тимофеева Истанбулдаги WTA 125 турнири финалига чиқди 0 18:29Хаби Алонсо янги клуби билан музокаралар ўтказди 0 18:00Тошкентда ўтган илк ACA турнири учун қанча чипта сотилгани маълум бўлди 0 17:33Ёш оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионатида 4 та медалга сазовор бўлишди 0 16:58Ўзбекистон дзюдо федерацияси ТерДУ билан ҳамкорликни йўлга қўяди 0 16:37Ўтмишга назар. Тошкентда "Пахтакор" ва Ўзбекистон МТЖ билан ўйнаган Нидерландия клуби 0 16:16Баҳодир Жалолов: "Насиб қилса, у билан ҳали бир кун рингда тўқнаш келамиз" 0 15:55Чимаев Стриклендга қарши! UFC 328 турнирига етиб келдик (Барча тафсилотлар) 0 15:34Дзюдочиларимиз Остона “Катта Дубулға” турнирини олтин ва бронза медаллари билан бошлашди 0 15:13Роналдунинг ўғли "Боруссия" ёки "Спортинг"га ўтиши мумкин 0 14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0

26 avg 17:43
Yangiliklar

Boks/MMA

O'Melli Nurmagomedov uchun oson o'lja. Dog'istonlik yigit Strelingning xatolarini takorlamaydi

Yangi chempionning shafqatsiz bolg'achasi bor, lekin uni ochishga ulgurmasligi mumkin.

SHon O'Melli eng engil vazn toifasida yangi UFC chempioni bo'ldi. Uning Aljameyn Sterling ustidan qozongan g'alabasi haqiqiy sensaciya edi. SHon xatoga yo'l qo'ygan raqibini darhol jazoladi. Ammo yaqin-yaqingacha O'Melli chempionlik kamarini elkasiga osib qo'yishiga ishonish qiyin edi. To'g'ri, SHon o'ta engil vazn toifasida dominant kuchga aylanishiga shubha bor. Asosiy xavf esa Rossiyadan.

Ushbu divizionning umidli jangchilardan biri Umar Nurmagomedovdir. Xabibning jiyani shunchaki raqiblarini mag'lub etdi va Kori Sandxagen bilan jang qilishga majbur bo'ldi. Hattoki, Kori UFC bu jangga kamar uchun davogarlik maqomini berishni rejalashtirganini ham aytdi. Ammo hammasi boshqacha bo'lib chiqdi. Umar jarohat olib oktagonga kira olmadi. SHu bois, kamar uchun kurashdan biroz chetga chiqib qoldi. Biroq, kasalxonadan qaytgandan so'ng, promoushen rahbarlari Umarni uzoq vaqt kuttirmasliklari aniq.

O'Melli va Nurmagomedov o'rtasidagi jang nafaqat divizionda, balki undan tashqarida ham eng kutilgan voqea bo'lishi mumkin. CHunki jangchilar «stoyka»dagi eng kuchli to'qnashuvni namoyish etishga qodir. Raoni Barselos bilan so'nggi jangida rossiyalik ajoyib nokaut qayd etdi, zarba o'tkazib yuborishdan qo'rqmasligini ko'rsatdi. Biroq, titul uchun kurashda Xabibning jiyani barcha intriga va shubhalarni yo'q qiladigan darajada ishonchliroq harakat qiladi degan tuyg'u bor.

O'Melli ajoyib pancher. UFC'dagi deyarli barcha g'alabalarini nokaut bilan qo'lga kiritgan. Lekin biz hech qachon bunday darajadagi jangchilarning uchrashuvini kuzatmaganmiz. Qizig'i shundaki, hatto Petr Yan unga parterda muammo tug'dirgan. Yan SHonni  parterga yiqitgan. Ammo parterda muvaffaqiyatga erishishning iloji bo'lmadi, chunki Petrning o'zi ham pancher hisoblanadi va ko'p ham kurashga kirishmaydi.

Ko'pchilik jangda Sterling darhol o'zining kurashdagi ustinligidan foydalanib SHonni parterda engadi deb o'ylagandi. Aljo esa negadir «stoyka»dan boshlashga qaror qildi. Va u eng dahshatli qurolga - SHonning zarbalariga duch keldi. Umar chempionlik kamarini xavf ostiga qo'yib Aljameynning xatosini takrorlamaydi. Xabibning amakivachchasi raqibni zudlik bilan parterga yiqitadi va o'sha vaqtdayoq jang taqdirini hal qiladi.

O'Melli g'alaba qozondi, lekin faqat Umarning chempionlik yo'lini osonlashtirdi. Negaki, Sterling Umar uchun jiddiyroq sinov bo'lishi mumkin edi. U allaqachon kurashda ustunligini, «stoyka»da hayratga solishga qodirligini namoyish etgan. SHon ancha sodda jangchi. Nurmagomedovga qarshi kurashda esa sensaciya qilishi lozim. Aks holda, chempionlik kamari Rossiya tomon yo'l oladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
26 avg 19:53:37
CHELSEA2211
Bir yoqlama maqola...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing