So’nggi yangiliklar

23:26Ронда Роузи Дана Уайтга "вызов" ташлади 0 23:01ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 22:26Махачев Шавкат Раҳмоновнинг дивизиондаги келажагини баҳолади 0 16:28Оксана Чусовитина Германиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида қатнашяпти 0 16:07Тошкент "Катта Дубулға" турнирида қатнашидиган дзюдочиларимиз таркиби маълум бўлди 0 15:40МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр 0 15:19Тайсон Фьюри Маҳмудовдан кейингиси ким деган саволга жавоб берди 0 14:58Пётр Ян илк камар ҳимоясини қачон ўтказишини айтди 0 14:37Одилхон энди Грузияда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:16"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди 0 13:55Шон Стрикленд: "Хамзат Имавовни енгиб, яна 1,5 йил "уйқу"га кетади" 0 13:33Ислам Махачев: "Реваншга лойиқ бўлиш керак, у ҳали тайёр эмас" 0 13:04Даниил Ейбогнинг Олимпиададаги сўнгги стартидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:41"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр 0 12:20Ислам Махачев энди элчи (ФОТО) 0

16 avg 08:26
Yangiliklar

Tennis

Ons Jaber: "Taslim bo'lmayman!"

Tunislik tennischi Ons Jaber "Uimbldon" finalida mag'lub bo'lganidan keyin o'zini qanday tiklab olgani, shuningdek, "Katta Dubulg'a" turnirini yutish istagi borligini malum qildi.

"Juda ko'p tanaffus olishga majbur bo'ldim. Biroq bu ham kamlik qildi. Monrealdagi turnirga tayyor emasdim, chunki "Uimbldon"dagi mag'lubiyat menga juda katta tasir o'tkazgandi. Vaqtimni oilam bilan o'tkazdim. Finalni yoddan chiqarishga urindim, biroq barchasi og'ir o'tdi.

Endi ishga qaytish va oldinga harakatlanish kerak. Buning uchun turnirlarda o'ynab, diqqat-etiborimni jamlab olishim lozim. Taslim bo'lmayman. O'zimga ishonaman va ishlashda davom etaman. Har bir uchrashuvimda 100 foiz kuchim bilan o'ynayman.

Rafael Nadal shunday degandi, hech qachon "agar, agar, agar" bo'lmaydi. SHu sababli agarda bunday qilganimda, deb o'ylanib o'tirmayman. Dunyoning eng zo'r tennischilaridan biri bo'lish imkoniyati bor edi. Afsuski, endi bunga yana vaqt kerak. Balki bu ham yaxshilikkadir. Kunlar o'tadi va o'zimning nimalarga qodirligimni namoyish etib boraman. Balki menga hali ertadir. Ammo to'g'ri yo'lda ekanligimga ishonaman", - dedi Ons Jaber.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing