30 jan 07:22
Yangiliklar
O'q otish
O'q otish bo'yicha hamyurtimiz Jahon kubogida oltin medalni qo'lga kiritdi!
Indoneziyada o'q otish bo'yicha Jahon kubogi bo'lib o'tdi.
Mazkur Jahon kubogida O'zbekiston terma jamoasi azosi Muhammad Kamolov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Kamolov kecha musobaqaning 10 metrga to'pponchadan o'q otish dasturida ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Oltin medal uchun bahsda hamyurtimiz turkiyalik Muhammad Kelesdan ustun keldi.
Takidlash joiz, mazkur g'alaba o'zbekistonlik sportchilarning Jahon kubogi ushbu yo'nalishi doirasidagi ilk g'alabasidir. Ushbu g'alaba orqali Muhammad Kamolov jahon va Olimpiada reytingida o'z hisobiga 2000 ochko qo'shib oldi.
1. Muhammad Kamolov (O'zbekiston)
2. Muhammad Keles (Turkiya)
3. Muhammad Prabova (Indoneziya).
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar