07 may 17:55
Yangiliklar
Boks/MMA
"O'sha oqshom u barchasini yo'qotgandi". Lopes Lomachenkoni mag'lub etgan kunni esladi
Birinchi yarimo'rta vazn toifasida WBO kamari sohibi Teofimo Lopes Vasiliy Lomachenkoga qarshi chempionlik jangini esladi.
"Lomachenkoda engil vazndagi eng qiyin yo'llardan biri bo'lgan deb o'ylayman. U barcha kamarlarni to'plash uchun barcha jahon chempionlariga qarshi jang qilgan. Unga yana bitta kamar kerak edi - 2020 yilda meni qo'limda bo'lgan IBF kamari. U men bilan uchrashish uchun kelgandi.
O'shanda mening qo'limni ko'tarishdi. U og'ir yo'lni bosib o'tdi, ammo o'sha oqshomda barchasini yo'qotdi. Uning o'rniga men barchasiga ega bo'ldim. Bitta jang ichida", - dedi Lopes.
Havola :
Manba : Top Rank Boxing
Fikrlar