03 iyu 11:29
Yangiliklar
Dzyudo, Engil atletika, Taekvondo
"Osiyo bolalari" kompleks musobaqasidagi medallarimiz soni 63 taga etdi + JADVAL
SHu kunlarda Rossiya Federaciyasining Saxa Respublikasi Yakutsk shahrida "Osiyo bolalari" komleks musobaqasi davom etmoqda.
Ushbu musobaqada O'zbekiston sport delegaciyasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Ayni shu daqiqalargacha terma jamoamiz sportchilari tomonidan qo'lga kiritilgan umumiy medallarimiz soni 63 taga etdi. SHundan 21 tasi oltin, 23 tasi kumush, 19 tasi bronza medallaridir.
Medallar jamg'arish bo'yicha O'zbekiston sport delegaciyasi umumjamoa hisobida to'rtinchi, davlatlar kesimida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Alohida jamoa bo'lib qatnashayotgan Sibir Federal okrugi jamoasi 26 ta oltin, 24 ta kumush, 28 ta bronza, jami 78 ta medal bilan birinchi o'rinni band etgan. Ikkinchi o'rindan joy olgan Belarus terma jamoasi hisobida 25 ta oltin, 21 ta kumush, 25 ta bronza medali bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar