22 jan 17:33
Yangiliklar

Osiyo chempionati. 8 nafar bokschi qizimiz finalda jang qiladi
Bugun musobaqa doirasida qizlar o'rtasida yarim final bahslari o'tkazildi. Unda 8 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi.
Ringga ko'tarilgan qizlarimizning 6 nafari g'alaba, 2 nafari esa mag'lubiyat qayd etdi.
Yarim finalda qayd etilgan natijalar:
-48 kg: Farzona Fozilova – Tipsatcha Yodvare (Tailand) 5:0
-50 kg: Sabina Boboqulova – Kei CHi (Singapur) 5:0
-52 kg: Feruza Kazakova – Ti Nguen (Vetnam) 5:0
-54 kg: Nigina O'ktamova – Anel Sakish (Qozog'iston) 5:0
-57 kg: Sitora Turdibekova – Viktoriya Grefeeva (Qozog'iston) 4:1
-63 kg: Ziyoda Yarashova – Tananya Somnuek (Tailand) 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova – Ankar Ichshanova (Qozog'iston) 5:0
-81 kg: Sahobat Husanova – Pornipa CHuti (Tailand) 0:5
Aziza Zokirova va Sohiba Ro'zmetova ham final bahsida ringga ko'tariladi. Qizlar o'rtasidagi final bellashuvlari 25 yanvar kuni tashkil etiladi.
Fikrlar