07 iyu 17:45
Yangiliklar
Osiyo chempionati. Bokschilarimizda bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat
Bugun musobaqa doirasida U-19 bellashuvlari bo'lib o'tdi. Unda ikki nafar hamyurtimiz jang qildi.
-60 kg vazn toifasida Muhammadrizo Ukimov Rio Matsumotoni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
-65 kg vazn toifasida esa Ibrohim SHokirjonov qozog'istonlik Akjurek Kalabayga 0:5 hisobida yutqazdi.
Ertaga musobaqa doirasida U-23 bellashuvlari o'tkaziladi va unda qizlarimiz ringga ko'tarilishadi:
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova - Linda Sari (Indoneziya) 10:45
-51 kg: Gulsevar Ganieva - Xian Baguin (Filippin) 11:15
-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Milana SHixshabekova (Qirg'iziston) 12:15
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Nurul Izza (Indoneziya) 15:30
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova - Ti Nxung Quang (Vetnam) 16:45
-65 kg: Sevinch Xurramova - Arujan Jangabaeva (Qozog'iston) 17:30.
Fikrlar