24 iyu 12:45
Yangiliklar
Taekvondo
Osiyo chempionati. CHaros Qayumova kumush medal sohibasi!
Bugun taekvondo bo'yicha Osiyo chempionati start oldi.
- 53 kg vaznda o'zbekistonlik CHaros Qayumova musobaqa finaliga qadar etib bordi. Eronlik Nahid Kiyanichandehga qarshi final bahsida musobaqani jarohat bilan o'tkazgan CHarosga biroz omad etishmadi - 0:2. SHunday qilib, CHaros Qayumova Osiyo chempionati kumush medalini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Qayumova o'z ishtirokini chorak finaldan boshlagandi. Bu bosqichda taypeilik Xuang SHix Yuan taslim etildi - 2:0. Yarim finalda esa Qayumova Saudiya Arabistonilik Dunya Abu Talebni mag'lub etgandi - 2:0.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar