23 apr 14:39
Yangiliklar

Osiyo chempionati. Faqat bir bokschimizda mag'lubiyat, bugun 8 nafar vakilimiz yurishini davom ettiradi
Kecha olti nafar bokschimiz chorak finaldagi jangini o'tkazib, yakunda 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etildi.
Kechagi natijalarimiz:
-35 kg: Sarmat SHokarimov - Daulet Tenelbay (Qozog'iston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);
-37 kg: Muxriddin Hamidjonov - Richard Payla (Filippin), (2-raundda KO-TKO);
-40 kg: Kamronbek Komilov - Atabek Hojiev (Turkmaniston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);
-37 kg: Sabinaxon Kamiljonova - Pei-Yun CHiang (Xitoy Taypeyi), (Raqib vazn meyorini bajara olmadi);
-46 kg: Oybek Alimjonov - Sultan SHannaq (Iordaniya), (Ochkolar hisobiga ko'ra);
-43 kg: Rayhona Alimxanova - Xiao-Ting SHao (Xitoy Taypeyi), (Ochkolar hisobiga ko'ra).
Bugun Osiyo chempionatida chorak final bahslari davom ettiriladi. Unda yana sakkiz bokschimiz ringga ko'tariladi:
-33 kg: Temurbek Baxtiyorov - Noel Kagubkob (Filippin)
-52 kg: Elshod SHokirjonov - Ravi Sihag (Hindiston)
-55 kg: Hasan Xolmurodov - Hashem Toghoz (Iordaniya)
-49 kg: Parvina SHakarova - Merey Jumagali (Qozog'iston)
-61 kg: Marjona Sultonova - Jia-YU Song (Xitoy Taypeyi)
-58 kg: Jahongirjon Usmonqulov - Naman Saini (Hindiston)
-61 kg: Hadyatulloh Saydullaev - Miras Kuanishev (Qozog'iston)
-67 kg: Meyrambek Aliev - Arpit Bishnoi (Hindiston).
Fikrlar