06 dek 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Jasurbek Yo'ldoshevda ishonchli g'alaba!
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari davom etmoqda.
Musobaqada -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Yo'ldoshev qirg'izistonlik Erkin Adilbek Uuluga qarshi ringga ko'tarildi.
3 raundlik jang to'liq davom etdi va unda hakamlar qarori bilan 4:1 hisobida Yo'ldoshev zafar quchdi.
Endi u 8 dekabr kuni yarim finalda tojikistonlik bokschi Ahmadjon Saidovga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar