23 iyu 14:33
Yangiliklar
Osiyo chempionati. Sinxron suzish bahslarida 2 ta oltin medal qo'lga kiritildi
Sinxron suzish bo'yicha musobaqalarning ilk kunidayoq vakillarimiz 2 ta oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Jamoamiz hisobiga ilk oltin medalni Darya Kochneva keltirdi. U texnik yakkalik dasturida 219.0758 ball to'plab, chempionlikni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi oltin medalni esa Xadicha Agzamova va Sabina Mahmudova texnik duet bahslarida qo'lga kiritishdi. O'zbekiston dueti 253.3141 ball jamg'arib, ishonchli tarzda birinchi o'rinni egalladi.
Texnik yakkalik (qizlar)
«A» guruhi
1-o'rin – Darya Kochneva (O'zbekiston) — 219.0758 ball
2-o'rin – Kira Li Czya Syuan (Singapur) — 209.6417 ball
3-o'rin – Sofiya Xarchenko (Qozog'iston) — 186.8417 ball.

Texnik duet (qizlar)
«A» guruhi
1-o'rin – Xadicha Agzamova, Sabina Mahmudova, Darya Kochneva (O'zbekiston) — 253.3141 ball
2-o'rin – Makpal Kalmurza, Dayana Jamanchalova (Qozog'iston) — 228.5741 ball
3-o'rin – Yon Czya I, Gan Yue Txun (Malayziya) — 200.7884 ball.

Fikrlar