06 iyu 13:44
Yangiliklar
Osiyo chempionati va Gran-Prida ishtirok etgan taekvondochilarimiz kutib olindi
Ketma-ket ikkita musobaqadan so'ng bugun erta tongda taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
Eslatib o'tamiz, Vetnamdagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz 2ta oltin (Nikita Rafalovich, Nigora Tursunqulova), 1ta kumush (Jasur Boyqo'ziev) va 5ta bronza (Maksim Rafalovich, Sardor Toirov, Madina Mannopova, Niyoz Po'latov va Dmitriy SHokin) medalini qo'lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallagandilar. Rimdagi Gran-Pri turnirida esa Dmitriy SHokin bronza medali sohibiga aylandi.
Fikrlar