29 jan 21:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionatida 12-oltin medal qo'lga kiritildi FOTOGALEREYA
Toshkentdagi 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida so'nggi qatnashchimiz ham oltin medalni o'ziniki qildi.
+92 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Jahongir Zokirov qo'shni Tojikiston vakili Muhammad Abroriddinovga qarshi ringga chiqib, ishonchli g'alabaga erishdi. Aynan u terma jamoamizga ushbu musobaqadagi oxirgi oltin medalni taqdim etdi.
SHu tariqa, Osiyo chempionati finaliga yo'l olgan o'n ikki bokschimizning barchasi oltin medalni naqd qilishdi.
Suratlar muallifi - Jahongir FAYZULLAEV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar