21 apr 16:31
Yangiliklar
Osiyo chempionatidagi medalarimiz soni 5 taga etdi, lekin hali oltin yo'q!
Qitamizning 30 dan ortiq davlati dzyudochilari ishtirok etayotgan musobaqada Ilias Iliadis boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun kurash olib boryapti. Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra dzyudochilarimiz 5 ta medal qo'lga kiritishdi. Lekin hozircha oltin medal yo'q. Bugun Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg) tillaga juda yaqin kelgandi. Ammo u dzyudo vatani vakili, yaponiyalik Tacuki Ishiharaga yutqazib qo'ydi.
Bugungi kun hisobidan ikkinchi medalni SHohista Nazarova terma jamoamizga taqdim etdi. -70 kg vazndagi dzyudochi qizimiz bronza medali uchun kechgan bahsda koreyalik raqibasini vazari bahosi bilan taslim etdi. Etakchi dzyudochilarimiz SHahram Ahadov (73 kg), SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) va Gulnoza Matniyazova (-70 kg) qita chempionatini medalsiz yakunlashdi.
Sovrindor dzyudochilarimiz:
Kumush medal
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
Bronza medallar
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-60 kg: Doston Ro'ziev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-70 kg: SHohista Nazarova
Ertaga asosiy umidimiz jahon chempioni Muzaffarbek To'raboevdan oltin medal kutamiz. U ilk davradayoq yaponiyalik dzyudochiga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar