17 avg 17:30
Yangiliklar
Osiyo chempionatiga so'nggi tayyorgarlik Buxoroda davom etmoqda
12 avgust kuni boshlangan mashg'ulotlar 31 avgust - 1 sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Mungyong shahrida o'tkaziluvchi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga so'nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab bermoqda. Qita birinchiligida to'liq tarkibdagi dzyudochilarimiz medallar uchun tatamiga chiqishadi.
Terma jamoamizning bugungi mashg'uloti boshlanishi oldidan O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov, federaciyaning Buxoro viloyati bo'limi raisi SHuhrat Ochilov, terma jamoalarimiz menejeri Eldor Qahhorov murabbiy va dzyudochilarimiz bilan uchrashishdi.
SHuhrat Ochilov bugun tavallud kunini nishonlayotgan Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O'razboevni tabriklab, shukrona kun sohibiga televizor sovg'a qildi. O'razboev yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi tarkibida Iskandar Rasulov va Kamol Murodovga yordam berib kelyapti.
Fikrlar