24 may 21:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionatini boshladik: Abdumalik Xalakov laoslik raqibga qarshi jang qildi
BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi.
O'zbekistonlik bokschilarning musobaqadagi ishtirokini Abdumalik Xalakov boshlab berdi. Osiyo chempionatida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalakov ilk bosqichda laoslik Valter Oupatanaga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Birozdan so'ng -75 kg vaznli Saidjamshid Jafarov afg'onistonlik bokschi bilan jang o'tkazadi.
Jangdan suratlarni tomosha qiling.
Foto: O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar