25 apr 07:22
Yangiliklar

Osiyo chempionatining birinchi kuni 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Qitamizning 30 davlatidan kelgan sportchilar qatorida O'zbekiston terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ham medallar uchun bahslarga kirishadi. Bugun Osiyo chempionatining ilk kuni erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48 va -52 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi.
Dzyudochilarimizning ilk bosqichdagi bellashuvlari:
-48 kg: Halima Qurbonova — Yi-CHun SHen (Xitoy Taypeyi)/Su Song Jon (KXDR)
-48 kg: Laziza Haydarova — Hui Xinran (Xitoy)
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova — Maryam Maharani (Indoneziya)
-60 kg: Bahrom Boturov — Ling Yun Vey (Xitoy)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov — CHeng En-Ming (Xitoy Taypeyi)/Abel Bakitbek Uulu (Qirg'iz Respublikasi)
Malumot uchun, Osiyo chempionatining birinchi kungi saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 8:00da boshlanadi.
Fikrlar