30 avg 13:37
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionatining ikkinchi kuni 6 ta medal qo'lga kiritdik, 2 tasi oltin!
Koreya Respublikasining Mungyong shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham yakuniga etdi.
Bugun qita birinchiligida 9 dzyudochimiz bahslarga kirishgan bo'lsa, ulardan 6 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi. Nigina Saparboeva (-63 kg) va Zarina Bobonazarova (+70 kg) o'z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo'lishdi. Qolgan 4 nafar dzyudochimiz bronza medaliga ega chiqishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal sohibalari
-63 kg: Nigina Saparboeva
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Bronza medal sovrindorlari
+70 kg: Umida Nig'matova
-73 kg: Suhrob Abduqodirov
-81 kg: Muhammadali Sadullaev
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar