So’nggi yangiliklar

14:42Даниэль Дюбуа осиёлик боксчи билан жанг қилмоқчи, рақиб ҳам рози! 0 14:21"Насаф" Сербия жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 14:00Перейра рақиб номини айтиш учун "покришка" усулидан фойдаланди 0 13:39RIZIN чемпиони Илҳом Назимовга танлов учун уч рақиб берилди + ФОТО 0 13:18Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионатида 10 нафар хорижлик ҳакам ишлаяпти + ФОТО 0 12:57Гвардиола Гехининг транфери бўйича берилган саволга жавоб берди 0 12:47Sofascore. Шомуродов энг яхшилардан бири, Файзуллаев эса... 0 12:36Australian Open 2026. Полина Кудерметова ғалаба билан бошлади 0 12:05Майкл Зерафа умрбод дисквалификация қилиниши мумкин 0 11:44RAF Лигаси яна бир Олимпиада чемпиони билан шартнома имзолади 0 11:23Нури Шаҳин кечаги учрашувдан сўнг Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 11:02Хамзат Чимаев фаолиятидаги энг қийин жангни айтди 0 10:41IBF чемпиони Дана Уайтга тегишли Zuffa Boxing лигаси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 10:20Бугун Дўсматов, Мадраҳимов, Зокиров ва бошқа боксчиларимиз рингга кўтарилади (Жуфтликлар) 0 09:59Sofascore. Ҳусанов энг яхшилардан бири бўлди 0

22 apr 17:11
Yangiliklar

Dzyudo

Osiyo chempionatining jamoaviy bahslariga qura tashlandi. Yaponiya bilan faqat finalda uchrashishimiz mumkin

Ertaga Gonkong davlati mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining jamoaviy bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Qura natijasiga ko'ra, Ilias Iliadis murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi 1/4 finalda turkmanistonlik dzyudochilarga qarshi bahs olib borishadi. Qo'shnilarimiz so'nggi musobaqalarda ancha yaxshi natija ko'rsatishyapti. Ayniqsa, ayollar terma jamoasining engil vazndagi dzyudochilari sovrindorlar safidan joy olib kelmoqda.

Agar Turkmaniston to'sig'idan o'tib olsak, 1/2 finalda Mo'g'uliston - Xitoy Taypeyi juftligi g'olibi bilan to'qnash kelamiz. Ikkinchi setkada Yaponiya - Koreya Respublikasi, Qozog'iston - Hindiston juftliklari o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Biz dzyudo vatani vakillari - Yaponiya terma jamoasi bilan faqat finalda uchrashishimiz mumkin.  


Terma jamoamiz tarkibi:

-73 kg: SHahram Ahadov, Murodjon Yo'ldoshev

-90 kg: SHarofiddin Boltaboev, Nurbek Murtazoev

+90 kg: Muzaffarbek To'raboev, Alisher Yusupov

-57 kg: Sita Kadambaeva, SHukurjon Aminova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova, SHohista Nazarova 

+70 kg: Irisxon Qurbonboeva, Rinata Ilmatova

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing