15 noy 10:10
Yangiliklar
Osiyo chempionatining yarim marafon dasturida 2 ta medal qo'lga kiritdik
Etiborlisi, qita birinchiligida ishtirok etgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush medal bilan yakunladi.
Yakkalik yo'nalishida 1 soatu 13 daqiqa 29 soniya natija qayd etgan Hamidova 5 yil avval o'zi o'rnatgan O'zbekiston rekordini yangilashga erishdi. Ushbu natija yurtdoshimizga kumush medalni taqdim etdi. Oltin medal Yaponiya, bronza medali esa Qirg'iziston terma jamoasi azosiga nasib etdi. Mazkur dasturda Xmelevskaya sakkizinchi, Mirakbarova o'n ettinchi bo'lib marraga etib keldi.
SHuningdek, uch nafar sportchimizning umumiy hisobdagi 3:46:08 natijasi jamoaviy dasturda kumush medallarni taqdim etdi. Ushbu yo'nalishdi Qirg'iziston jamoasi oltin, Hindiston esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Fikrlar