So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

12 avg 15:33
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempioni Ilyas Bekbulatovni tabriklaymiz!

Bugun erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, xalqaro toifadagi sport ustasi Ilyas Bekbulatov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ilyas o'zi uchun terma jamoa libosidagi ilk katta musobaqa - shu yil Hindistonda o'tgan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin medalni qo'lga kiritgandi. U hal qiluvchi final bellashuvida eronlik polvon Amirhusayn Ali Husaynidan ustun kelgan edi. Bekbulatov Osiyo chempionatida -70 kg vaznda gilamga chiqqan. Bu esa Olimpiada vazni hisoblanmaydi. Murabbiylarimiz -65 kg vazn toifasida aynan bugungi kun qahramonini ko'rishyapti va kurashchimizdan Olimpiya o'yinlarida ham umidlari katta.

"Ayni paytdagi vaznim 70 kg, lekin musobaqagacha ortiqcha 5 kilogrammdan xalos bo'lish men uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. Nasib qilsa, -65 kg vazndagi Olimpiya o'yinlaridagi yoqimli ananani davom ettiraman. Buning uchun birinchi galda Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib olishim kerak. Bu vazifani uddalay olishimga ishonaman", - deydi Bekbulatov.

"SHogirdim Ilyasni bugungi tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklayman. U juda ham istedodli kurashchi. Hozirda karantin qoidalariga amal qilgan holda mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz. O'ylaymanki, u Tokio Olimpiadasida O'zbekistonga oltin medalni taqdim etadi. Buning uchun esa avval olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritib olishimiz kerak", - deydi Ilyasning murabbiyi Ali Ahmedov. 

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda kurashchilar nomidan musobaqalarga Ali Ahmedov murabbiyligida tayyorgarlik ko'rayotgan Ilyas Bekbulatovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing