So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

26 iyu 12:05
Yangiliklar

Karate

Osiyo karate federaciyasi rahbari MOQ prezidentiga tashakkurnoma jo'natdi

Xabar berganimizdek, 19-21 iyul kunlari Toshkent karate bo'yicha kattalar o'rtasidagi 16-Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan edi.

Qitamizning eng kuchli karate ustalari ishtirokida kechgan bellashuvlar sportchilarga unutilmas onlarni taqdim etdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa xalqaro federaciya mutasaddilarining ham etibor markazida bo'ldi. Bunga javoban Osiyo karate federaciyasining (OKF) raisi general-mayor Nosir Al-Razzoqi Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonovga tashakkurnoma yo'lladi.

“Ushbu maktubni kattalar o'rtasidagi karate bo'yicha 16-Osiyo chempionati muvaffaqiyatli yakunlagani bilan Sizni va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasini tabriklash uchun yo'llayapman. Osiyo karate federaciyasi nomidan chempionat o'tkazilishini qo'llab-quvvatlaganingiz uchun Sizga va Milliy olimpiya qo'mitasiga minnatdorchilik bildirib qolaman. So'zim so'ngida Siz va Milliy olimpiya qo'mitasiga joriy yil muvaffaqiyatli va omadli o'tishini tilab qolaman”, – deydi Nosir Al-Razzoqi o'z maktubida.

Eslatib o'tamiz, mazkur Osiyo chempionati bellashuvlari boshlanishidan avval OKF Kongressi o'tkazilgan va uning doirasida Nosir Al-Razzoqi OKFning yangi rahbari etib saylangan edi. Karatechilarimiz esa musobaqa davomida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamrag'ishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing