28 fev 13:13
Yangiliklar
Osiyo karate federaciyasining maxsus komissiyasi Toshkentga keladi
SHu maqsadda 13-17 mart kunlari oralig'ida Osiyo karate federaciyasining maxsus komissiyasi, yani ishchi guruhi poyxtamizda mehmon bo'ladi. Komissiya azolari Toshkent shahrining kattalar o'rtasidagi qita chempionatini o'tkazish uchun qay darajada tayyor ekanligi bilan tanishadi.
Bir muddat avval maxsus komissiya Osiyo chempionati mezbonligiga yana bir davogar mamlakat - Vetnamda ham bo'lgandi. Lekin ushbu davlat taqdim etgan infratuzilma, musobaqani qabul qilib oluvchi sport majmuasi talab darajasida emas deb topilgan.
Demak, yagona nomzod shahar sifatida Toshkent qolmoqda. Yurtimiz esa jahon va Osiyo chempionatlarini tashkil etish bo'yicha katta tajribaga ega. Umid qilamizki, Tokio-2020 Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli bo'lgan ushbu qita chempionati ham O'zbekistonda o'tkaziladi.
Fikrlar