09 apr 21:55
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo Kubogi. Yoshlarimiz 14 ta vaznning barchasida chempion bo'lishdi
To'rt kun davomida poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyi o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlangan Osiyo Kubogiga mezbonlik qildi.
Musobaqaning so'nggi ikki kuni yoshlar o'rtasida jami 14 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Qizig'i, barcha vaznlarda O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari oltin medalni qo'lga kiritishdi. Hamyurtlarimiz 14 ta oltin, 11 ta kumush, 21 ta bronza, jami 46 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi.
Qirg'iziston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Tojikiston terma jamoasi 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakun yasab berdi. Qozog'istonlik dzyudochilar 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar