So’nggi yangiliklar

18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:50Ян Блахович тиззасидан операция қилинди (ФОТО) 0 13:29Мбаппенинг маошидан кўпроқ? Винисиус "Реал" билан янги шартнома бўйича келишувга эришди 0 13:08Жавоҳир Синдаров, Нодирбек Абдусатторов ва бошқа шахмат юлдузлари футбол ўйнашди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

13 mar 23:08
Yangiliklar

Dzyudo

Osiyo Ochiq Kubogining birinchi kuni 4 ta medal qo'lga kiritildi + FOTO

Teglar :  DzyudoAktau
Xabar berganimizdek, bugun Qozog'istonning Aktau shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo Ochiq kubogi start oldi.

Jami sakkiz davlat terma jamoalarining ikki yuz nafardan ziyod sportchilari ishtirok etayotgan musobaqada o'zbekistonlik dzyudochilar ham medallar uchun tatamiga chiqishmoqda. Dzyudochilarimiz bugungi bellashuvlarda 4 ta medalga ega chiqishdi. -73 kg vazn toifasidagi vakilimiz Murodjon Yo'ldoshev barcha raqiblarini engib, musobaqa g'olibiga aylandi. U oltin medal uchun kechgan bahsda qozog'istonlik Janbolat Bagtbergenovni mag'lubiyatga uchratdi. 

Ayollar o'rtasidagi musobaqaning -48 kg vazn toifasi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Gulnur Muratbaeva bronza medaliga sazovor bo'ldi. U bronza uchun kechgan bahsda yana bir yurtdoshimiz Fotimaxon Tursunboevadan ustun keldi. Terma jamoamizga uchinchi va to'rtinchi bronza medallarni SHukurjon Aminova hamda Muxlisa Ganjaeva taqdim etdi. -57 kg vazndagi dzyudochi qizlarimiz bronza medali uchun bo'lib o'tgan bellashuvlarda mos ravishda rossiyaliklar - Danna Nagucheva hamda Vita Maydanikdan ustun kelishdi.     

SHoxsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - OLTIN

-48 kg: Gulnur Muratbaeva - BRONZA

-57 kg: SHukurjon Aminova, Muxlisa Ganjaeva - BRONZA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing