So’nggi yangiliklar

00:07Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" йирик ҳисобда зафар қучди, Шомуродовда 1+1, Файзуллаев ҳам захирадан тушиб гол урди (ВИДЕО) 0 23:48Баҳодир Жалолов ва Жавоҳир Умматалиевнинг Манчестердаги ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 23:21Баҳодир Жалоловнинг Манчестердаги жанги етти раунд давом этди 0 22:17Жавоҳир Умматалиев профессионал боксдаги иккинчи жангини ўтказди 0 19:02Мария Тимофеева Истанбулдаги WTA 125 турнири финалига чиқди 0 18:29Хаби Алонсо янги клуби билан музокаралар ўтказди 0 18:00Тошкентда ўтган илк ACA турнири учун қанча чипта сотилгани маълум бўлди 0 17:33Ёш оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионатида 4 та медалга сазовор бўлишди 0 16:58Ўзбекистон дзюдо федерацияси ТерДУ билан ҳамкорликни йўлга қўяди 0 16:37Ўтмишга назар. Тошкентда "Пахтакор" ва Ўзбекистон МТЖ билан ўйнаган Нидерландия клуби 0 16:16Баҳодир Жалолов: "Насиб қилса, у билан ҳали бир кун рингда тўқнаш келамиз" 0 15:55Чимаев Стриклендга қарши! UFC 328 турнирига етиб келдик (Барча тафсилотлар) 0 15:34Дзюдочиларимиз Остона “Катта Дубулға” турнирини олтин ва бронза медаллари билан бошлашди 0 15:13Роналдунинг ўғли "Боруссия" ёки "Спортинг"га ўтиши мумкин 0 14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0

11 sen 16:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Osiyo o'yinlari. To'rabek Habibullaev uchun haqiqiy sinov, Bahodir Jalolov va boshqa jahon chempionlarimiz ham Olimpiada ilinjida. Boks terma jamoamiz tarkibi qanchalik mukammal?

Xabaringiz bor, 23 sentyabrdan 8 oktyabr sanasiga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Uzoq kutilgan bu safargi Osiyo o'yinlariga mamlakatimiz tarixidagi eng katta delegaciya jo'nab ketishi aytilgan. Ammo baribir, o'zbekistonlik muxlislar boks terma jamoamizdan ko'p narsa kutishi sir emas. Buning sababi ham bor: mazkur Osiyo o'yinlarida Parij-2024 Olimpiadasi licenziyalari ham o'ynaladi.

Kecha O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati sport federaciyalarimiz orasida birinchilardan bo'lib Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi tarkibimizni elon qildi.

-51 kg: Hasanboy Do'smatov

-57 kg: Abdumalik Xalokov

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-71 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

-80 kg: To'rabek Xabibullaev

-92 kg: Lazizbek Mullojonov

+92 kg: Bahodir Jalolov



Tarkib, kutilganidek, optimal ekani oydinlashdi. Faqatgina -80 kg vazndagi To'rabek Habibullaev ko'pchilik muxlislar uchun kutilmagan qarordek tuyuldi. Sababi, bu vaznda jahon chempionatida termamiz sharafini Jasurbek Yo'ldoshev himoya qildi. Lekin murabbiylar shtabini to'g'ri tushunish mumkin: Yo'ldoshev JCHda o'ziga berilgan imkondan deyarli foydalana olmadi. U JCHdagi yurishini birinchi bo'lib to'xtatgan bokschimiz bo'ldi (1/16 final).



SHaxsiy fikrimcha, -75 kg vazn toifasida jahon chempionatida maksimal natijani qayd eta olgan Aloxon Abdullaev ham bu vaznda o'zini ko'rsatishi mumkin edi. U terma jamoamizning jahon chempionatidagi eng yosh azosi (2003 yil) sifatida bronza medalini qo'lga kirita olgan edi.



SHuningdek, - 80 kg vazn toifasida To'lqin Qilichevda Odiljon Aslonov va Dilshod Ro'zmetov variantlari ham bor edi. Lekin murabbiylar shtabi To'rabek Habibullaevga imkon berishga qaror qildi.

Bu vaziyatda murabbiylar qarorini oqlash mumkin. CHunki bu vazndagi deyarli har bir bokschiga etarlicha imkon berildi. To'g'ri, ayni damda Odiljon Aslonov ham yaxshi formada, ammo yuqorida aytilganidek, ular o'z imkoniyatidan foydalanishdi.



Malumot uchun, To'rabek Habibullaev 2022 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, yosh bokschimiz iyul oyida "Elorda Kubogi"ni bronza medali bilan yakunladi, Jasurbek Yo'ldoshev esa o'sha musobaqada kumush medalga ega chiqgan edi. Manbamizning malum qilishicha, u federaciyada tashkil etilgan kichik xalqaro turnirda, bir qator sparringlarda o'zini yaxshi ko'rsatgan.



-51 kg vazn toifasida esa o'z vaznining egasi,  "professor" Hasanboy Do'smatov musobaqaga yo'l olmoqda. U jahon chempionatidagi singari bu safar ham qiyinchiliksiz g'oliblikni qo'lga kiritishi ehtimoli yuqori.



SHuningdek, Toshkentdagi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan Abdumalik Xalokov, Ruslan Abdullaev, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev hamda Bahodir Jalolov ham tarkibdan joy oldi, bunga shubha bo'lmasa-da. Bronza medalini qo'lga kiritgan Lazizbek Mullojonov ham o'zi uchun yangi bo'lgan vaznga to'la moslashdi va endi u Olimpiada yo'lida aynan shu vaznda ringga chiqadi.

Yana bir qo'shimcha malumot sifatida aytish joizki, Bahodir Jalolov bu yil o'zining ilk Osiyo o'yinlari musobaqasida ringga chiqadi.



Umuman olganda, O'zbekiston boks terma jamoasi Osiyo o'yinlari uchun ideal tarkibda yo'l olmoqda. Aynan shu musobaqa terma jamoada -80 kg vaznning yangi egasini aniqlab berishi mumkin.


Muallif - Diyorbek Mavlonov/olamsport.com

Reyting:    

Fikrlar

   
12 sen 11:41:57
Farrux Do'stmuhammedov
Assalom alekum xammaga To'rabek yaxshi sportchi u 80 kg daUZB da tengsiz, nasb qilsa olipiyada yollanmasi bilan keladi UZB ga
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing