21 sen 10:47
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi tennischilarimiz orasida Kamilla, Mariya va Polina yo'q! Nega?
O'z vaqtida (Jakarta/Palembang Osiyo o'yinlari-2018) Denis Istomin yakkalik bahslaridagi chempionligi ortidan Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritgan edi.
Afsuski, Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston ayollar tennis terma jamoasining tarkibidan birinchi, ikkinchi hamda uchinchi raketkalarimiz - Kamilla Rahimova, Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova o'rin olmadi.
Xalqaro tennis federaciyasi Rossiyadan mahalliylashtirilgan bu tennis malikalarimizga hali bunday kompleks musobaqalarda O'zbekiston bayrog'i ostida qatnashish huquqini bermagan.
XX Osiyo o'yinlarida qatnashadigan terma jamoamiz tarkibi:
Sergey Fomin
Humoyun Sultonov
Maksim SHin
Darya SHubina
Sevil Yuldasheva
Fikrlar