29 sen 19:00
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining oltinchi kunini bitta oltin medal bilan yakunladik
Unda O'zbekiston delegaciyasi bitta oltin medal qo'lga kiritdi. Qilichbozlikning sablya yo'nalishida ayollar terma jamoamiz qizlari barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqishdi.
Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.
18:18. Kibersportchilarimiz DOTAda Mo'g'ulistonga imkoniyatni boy berishdi.
17:30. Bugun soat 18:00dan so'ng YouTube'dagi kanalimizda Osiyo o'yinlari kundaligiga bag'ishlangan jonli efir bo'ladi. Osiyo o'yinlari chempioni studiyamiz mehmoni bo'ladi.
17:17. Velosportchimiz Margarita Misyurina 6-natijani qayd etdi.
17:08. Velosportchi yigitlarimiz trekda medison yo'nalishida 9-natijani qayd etishdi.
17:00. Engil atletika. 400 metrga yugurish bahslarida Laylo Allaberganova saralashda o'z guruhida uchinchi bo'lib kelgandi. Ushbu natija orqali u finalga yo'l oldi.
16:42. SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz (Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboev, Jahongir Vohidov, SHamsiddin Vohidov) Qirg'izistonni 3:1 hisobida mag'lub etishdi!
16:29. SHaxmat. Qizlarimiz (Nilufar Yakubboeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Afro'za Hamdamova) ilk turda musobaqa favoriti Xitoy terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o'ynashdi.
16:26. Engil atletika. Zarinaxon Nosirjonova bosqon uloqtirish bahslaridagi ishtirokini boshladi.
16:16. Laylo Allaberganova 400 metrga yugurish bahslarida o'z guruhida uchinchi bo'lib keldi.
15:35. OLTINNNNN!!! Sablyachi qilichboz qizlarimiz jamoaviy bellashuvlar finalida Yaponiyani 45:42 hisobida mag'lub etishdi va oltin medalni qo'lga kiritishdi!
14:30. Gandbolchi qizlarimiz Tailandni 40:28 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi!
13:43. Lazizbek Mullojonov chorak final bahsida xitoylik Xuejen Xanga qarshi ringga ko'tarildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
12:41. To'rabek Xabibullaev Saudiya Arabistoni bokschisini 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lub etdi!
12:33. SHaxmatda jamoaviy bahslar boshlandi. Erkaklar terma jamoamiz Qirg'iziston, ayollar esa Xitoyga qarshi bahs olib borishmoqda.
12:30. Sport gimnastikasi. Asadbek Azamov 8 nafar sportchi ichida 6-o'rinni egalladi.
12:22. Qilichbozlik. Rapirachi yigitlarimiz chorak finalda Gonkong terma jamoasiga 31:45 hisobida yutqazishdi.
12:01. Boks. Sitora Turdibekova nimchorak finalda pokistonlik Fatima Zahra bilan jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.
11:27. Bokschimiz Sabina Boboqulova (-50 kg) chorak finalda xitoylik YU Vu bilan jang qildi va 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Sabina g'alaba orqali Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanma olishi mumkin edi.
11:01. Sabina Boboqulovaning xitoylik raqibasiga qarshi jangi boshlanish arafasida
— Qilichbozlik bo'yicha erkaklar terma jamoamizning chorak finaldagi raqibi Gongkong bo'ladi. Bellashuv 11:30 da boshlanadi.
9:48. Qilichbozlik. SHpaga yo'nalishida ishtirok etayotgan erkaklar terma jamoamiz nimchorak final bosqichida Qirg'iziston bilan bah olib bordi va 45:35 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. Terma jamoamiz tarkibida Javohirbek Nurmatov, Fayzulla Alimov, Nodirbek Mo'minov va Meyirxan Timurov harakat qilmoqda.
— Qilichbozlarimiz finalda Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.
8:38. FINALLL! Qilichbozlikning Sablya yo'nalishidagi ayollar terma jamoamiz (Zaynab Dayibekova, Guliston Perdabaeva, Paola Pliego) yarim final bosqichida Xitoyni 45:43 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi!!! Barakalla!
8:27. Suzish. 400 metrga erkin suzish yo'nalishida saralashda ishtirok etgan Egor Petryakov 3:59:56 natija bilan o'z saralash guruhida birinchi bo'ldi. Ammo bu finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi...
7:50. 50 metrga brass usulida suzish yo'nalishida saralash bosqichida ishtirok etgan Behruz Ahtamov 30:05 natija qayd etdi. Afsuski, bu final yo'llanmasi uchun etarli bo'lmadi.
7:44. Qilichbozlik. Sablyachi ayollarimiz chorak finalda Singapurni 45:32 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. Keyingi raqib - yana Xitoy!
7:31. 10 metrga to'pponchadan o'q otish bahslari saralashida ishtirok etgan Sitora Ergashboeva 56 nafar sportchi orasida 561 ochko bilan 41-natijani qayd etdi. Unga final yo'llanmasi uchun 15 ochko etmadi.
7:09. Triatlon bahslarida Aleksandr Kurishov va Arslon Tursunov ishtirok etdi. Arslon Tursunov 29 nafar sportchi orasida 1:57:31 soniya bilan sakkizinchi natijani qayd etdi. Aleksandr Kurishov esa finishga qadar etib kela olmadi.
Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid navbatdagi onlayn matnli translyaciyani boshlaymiz.
-----------------------
Bugun kun davomida quyidagi sportchilar O'zbekiston sharafini himoya qiladi:
5:00. - Triatlon. Erkaklar, individual, final. Aleksandr Kurishov, Arslon Tursunov
6:00. - O'q otish. Ayollar, 10 metrga to'pponchadan o'q otish, saralash. Sitora Ergashboeva
7:00. - Qilichbozlik. Ayollar jamoaviy, sablya, chorak final. O'zbekiston - Singapur
7:15 dan so'ng. - Suzish. Erkaklar, 50 metrga brass usulida suzish, saralash. Behruz Ahtamov
8:10. Suzish. Erkaklar, 400 metrga erkin suzish, saralash. Egor Petryakov
9:00. - Qilichbozlik. Erkaklar jamoaviy, shpaga, nimchorak final. O'zbekiston - Qirg'iziston
11:00. - Velosport. Ayollar, omnium poygasi, chorak final. Margarita Misyurina
11:15. - Boks. Ayollar, -50 kg, chorak final. Sabina Boboqulova - Vu YU (Xitoy)
11:30. - Sport gimnastikasi. Erkaklar. Asadbek Azamov.
11:45. - Boks. Ayollar, -57 kg, nimchorak final. Sitora Turdibekova - Fatima Zahra (Pokiston)
12:00. SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz, jamoaviy
12:00. SHaxmat. Ayollar terma jamoamiz, jamoaviy
12:30. - Boks. Erkaklar, -80 kg, nimchorak final. To'rabek Habibullaev - Muhammad Ahmad Al Subhi (Saudiya Arabistoni)
13:00. - Gandbol. Ayollar, "A" guruhi, 3-tur. O'zbekiston - Tailand
13:30. - Boks. Erkaklar, -92 kg, chorak final. Lazizbek Mullojonov - Xuejen Xan (Xitoy)
15:45. - Velosport. Erkaklar, medison finali. Dmitriy Bocharov, Nikita Svetkov
16:00. - Kibersport (DOTA2 o'yini bo'yicha). "S" guruhi, 1-o'yin. O'zbekiston - Mo'g'uliston
16:00. - Engil atletika. Ayollar, 400 metrga yugurish, saralash. Laylo Allaberganova
16:10. - Engil atletika. Ayollar, bosqon uloqtirish, final. Zarinaxon Nosirjonova
16:25. - 3x3 Basketbol. Ayollar, "A" savatchasi, 2-o'yin. O'zbekiston - Xitoy.
Fikrlar