01 okt 18:12
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining sakkizinchi kunida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdik
Bugungi kun doirasida o'zbekistonlik sportchilar 3 ta medalni (1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza) qo'lga kiritdi.
Sovrindorlar ro'yxati:
Oltin:
Umid Esanov
Kumush:
Ekaterina Voronina
Bronza:
Malikaxon Qahhorova.
-----------------------------
Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.
17:59. Ekaterina Voronina 800 metrga yugurish bahslarida marraga ikkinchi bo'lib etib keldi. SHunday qilib, hamyurtimiz ko'pkurash bahslarida umumiy 6056 ochko jamg'arib, Osiyo o'yinlarining kumush medalini qo'lga kiritdi!
17:54. Afsus. Uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Anvar Anvarov so'nggi lahzaga qadar 8.01 natija bilan uchinchi o'rinda kelayotgan edi. Ammo, oxirgi urinishda xitoylik raqibi uni ortda qoldirdi. SHunday qilib, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bahslarini to'rtinchi o'rinda yakunladi.
17:38. Doston Yoqubov siltab ko'tarish bahslarida 179 kg tosh ko'tardi. Uning umimiy natijasi esa 316 kgni tashkil etdi va afsuski, bronza medali uchun Dostonga bir kilogramm etmay qoldi. SHunday qilib, Doston Yoqubov 316 kg natija bilan Osiyo o'yinlarini to'rtinchi o'rinda yakunladi.
17:03. Rayhona Qodirova chorak finalda Xitoy Taypeyi vakilasi Sixi Vu bilan jang qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
16:45. Doston Yoqubov dast ko'tarishda 137 kg natija qayd etdi. Bu to'rtinchi natija bo'ldi.
16:29. Engil atletika. Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bahslariga kirishdi.
16:25. Og'ir atletikachimiz Doston Yoqubov o'z ishtirokini boshladi.
16:20. SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz Vetnamni 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Qizlarimiz esa 1,5 : 2,5 hisobida yutqazishdi.
14:38. Suv polosi. Qizlarimiz Qozog'istonga 8:16 hisobida mag'lub bo'lishdi.
14:35. Kamondan otish bahslarida qizlarimiz ham o'z ishtiroklarini yakunlashdi. 84 nafar sportchi qatnashgan bahsda Ziyoda Abdusattorova 25, Nilufar Hamroeva 29, Sabina Jo'raqelova 71, Bibihojar Yo'ldosheva 73-o'rinni egalladi. Jamoaviy hisobda esa 19 terma jamoa ichida 16-o'rinni band etdi.
14:30. Birozdan so'ng ko'pkurash bahslarida qatnashayotgan hamyurtimiz Ekaterina Voronina so'nggi startni amalga oshiradi.So'nggi yo'nalish - 800 metrga yugurish bo'ladi. Ayni paytda Katya ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Medal bo'lishi ehtimoli yuqori. Uning qanday medal bo'lishini birozdan so'ng bilib olamiz!
13:55. Futbol. O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi! Yarim finaldamiz!
13:40. Suv polosi. Qizlarimiz Qozog'iston terma jamoasiga qarshi bahsni boshlashdi.
13:34. Bokschi To'rabek Xabibullaev chorak finalda iordaniyalik raqibini 3:2 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi!
13:28. Futbol. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:1. 65-daqiqada gol o'tkazib yubordik.
13:00. Ayni paytda og'ir atletika bo'yicha -61 kg vazn toifasida bahslar o'tkazilmoqda. Mazkur vaznda yurtimiz sharafini Adhamjon Ergashev himoya qilishi lozim edi. Biroq, u kutilmagan jarohat sabab musobaqada ishtirok eta olmayapti.
12:44. GOOOOL! 2:0. Saudiya Arabistoniga ikkinchi golni urdik! Alisher Odilov 44-daqiqada hisobn 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
12:25. GOOOOL!!! Futbolda hisobni ochdik. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 1:0. Saidazamat Mirsaidov 24-daqiqada hisobni ochdi!
12:14. Baydarkada eshkak eshish. Madinaxon Ashrafxonova yarim finalda marraga birinchi bo'lib etib keldi va finalda qatnashish huquqiga ega chiqdi.
12:10. SHaxmat. 3-tur boshlandi. O'zbekiston erkaklar terma jamoamiz ham, qizlarimiz ham bugungi bahslarni Vetnamga qarshi o'tkazishmoqda.
12:05. Kamondan otish bahslarida ayollar terma jamoamiz o'z ishtirokini davom ettirmoqda.
12:00. Futbol. O'zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlandi. Hisob 0:0.
11:50. Osiyo o'yinlarida kurash bahslarining so'nggi kuni ertaga o'tkaziladi. Unda erkaklar o'rtasida -90 kg, ayollar o'rtasida esa 87 kg vazn toifasida bahslar o'tkaziladi.
11:45. OLTINNN!!! -81 kg vaznli kurashchimiz Umid Esanov finalda qozog'istonlik raqibini mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi! U soniyalar ichida raqibini HALOL bahosi evaziga mag'lub etdi. 11-oltin medal!
11:33. Bokschimiz Sitora Turdibekova chorak finalda hindistonlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
11:30. Kurash. -81 kg vazn toifasida Umid Esanov afg'onistonlik raqibini halol bahosi evaziga mag'lub etdi va finalga yo'l oldi! Birozdan so'ng u oltin medal uchun qozog'istonlik raqibga qarshi kurashadi.
11:15. Kurashchi qizimiz Malikaxon Qahhorova yarim finalda eronlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va Osiyo o'yinlarini bronza medali bilan yakunladi.
11:00. Kurash bahslarida yarim finallar boshlanmoqda.
10:13. Toshkent vaqti bilan 11:00 da kurash sport turida yarim final bahslari start oladi, unda ikki nafar vakilimiz gilamga chiqadi:
-70 kgda: Malikaxon Qaxxorova - Donya Agaei (Eron)
-81 kgda: Umid Esanov - Hassan Rasooli (Afg'oniston)
9:15. Kamondan otish. 84 nafar sportchi ishtirok etgan saralash bahslari yakunlandi. Unga ko'ra, Amirxon Sodiqov 11, Yao Yuy CHen 60, Mirjalol Mirolimov 68, Ozodbek Ungalov 72-o'rinni egalladi. Jamoaviy hisobda esa 20 terma jamoa ichida 13-o'rinni band etdik.
8:40. Ot sporti. Alisherjon Erkinov o'zining "Jangcy L" laqabli otida 21 nafar sportchi ichida 15-natijani qayd etdi.
8:28. -70 kg vazn toifasida Malikaxon Qahhorova Saudiya Arabistoni vakilasini mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
8:20. -81 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Umid Esanov filippinlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi!
8:15. Ayni paytda ot sporti va kamondan otish bahslarida ham yurtdoshlarimiz o'z chiqishlarini amalga oshirishmoqda.
7:55. Ko'pkurash. Ekaterina Voronina nayza uloqtirish bahslarini birinchi o'rinda yakunladi. U umumiy hisobda hamon ikkinchi. Oldinda faqatgina 800 metrga yugurish bahslari qoldi.
7:45. -70 kg vaznli kurashchimiz Ravzaxon Adasheva xitoylik raqibasiga halol bahosi evaziga yutqazib qo'ydi.
7:35. Malikaxon Qahhorova kurashsiz keyingi bosqichga yo'l oldi. Kurashchimizning koreyalik raqibasi gilamga chiqmadi.
7:30. -81 kg vaznli kurashchimiz Umid Esanov ilk bosqichda vetnamlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi.
7:20. Ekaterina Voronina ko'pkurashning nayza uloqtirish bahslarini boshlamoqda.
7:13. Baydarkachimiz Madinaxon Ashrafxonova soat 12:15da yarim finalda chiqish qiladi. U final yo'llanmasi uchun kurashadi. Biroz avval u marraga to'rtinchi bo'lib kelgani sabab to'g'ridan-to'g'ri final yo'llanmasiga ega chiqa olmagandi.
7:10. Ko'pkurash. Voronina uzunlikka sakrash bahslarini ikkinchi o'rinda yakunladi. Umumiy reytingda u hamon ikkinchi o'rinda.
7:04. To'rttalik kanoeda O'zbekiston terma jamoasi azolari marraga uchinchi bo'lib kelishdi. Ular finalda chiqish huquqini qo'lga kiritishdi.
6:54. Baydarkachimiz Madinaxon Ashrafxonova o'z guruhida marraga to'rtinchi bo'lib keldi. Endi u yarim finalda qatnashadi.
6:48. Kanoeda ayollar o'rtasida 200 metrga suzish bahslarida SHohsanam SHerzodova marraga uchinchi bo'lib etib keldi va finalga yo'l oldi.
6:40. Ayni paytda Ekaterina Voronina ko'pkurashning uzunlikka sakrash yo'nalishida ishtirokini davom ettirmoqda.
Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
- - - - - -
Bugun Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
5:00. - Ot sporti. Alisherjon Erkinov
6:00. - Kamondan o'q otish. Erkaklar, yakkalik, saralash raundi. Mirjalol Mirolimov, Ozodbek Ungalov, Amirxon Sodiqov, Yao Yuy CHen
6:00. - Engil atletika. Ayollar, uzunlikka sakrash (ko'pkurash). Ekaterina Voronina
6:30 dan so'ng. - Kurash. Erkaklar, -81 kg, nimchorak final. Umid Esanov - Dong Duk Le (Vetnam)
6:30 dan so'ng. - Kurash. Ayollar, -70 kg, nimchorak final. Malikaxon Qaxxorova - Suna Li (Koreya Respublikasi)
6:30 dan so'ng. - Kurash. Ayollar, -70 kg, chorak final. Ravzaxon Adasheva - Meerim Momunova (Qirg'iziston)/Dan YU (Xitoy) bahsi g'olibiga qarshi
6:35. - Kanoeda eshkak eshish. Ayollar, yakkalik, 200 metr, saralash. SHohasanam SHerzodova
6:50. - Baydarkada eshkak eshish. Ayollar, yakkalik, 500 metr, saralash. Madinaxon Ashrafxonova
7:02. - Baydarkada eshkak eshish. Erkaklar, to'rtlik, 500 metr, saralash. O'zbekiston (Samandar Xaydarov, Vilyam Ibragimov, Denis Onufriev, Ozodjon Amriddinov)
7:05. - Engil atletika. Ayollar, nayza uloqtirish (ko'pkurash). Ekaterina Voronina
11:15. - Boks. Ayollar, -57 kgda chorak final. Sitora Turdibekova - Parvin (Hindiston)
11:20. - Kamondan o'q otish. Ayollar, yakkalik, saralash raundi. Ziyodaxon Abdusattorova, Sabina Jo'raqulova, Nilufar Hamroeva, Bibihojar Yo'ldosheva
12:00. - Futbol. Erkaklar, chorak final. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni
12:00. - SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz, jamoaviy
12:00. - SHaxmat. Ayollar terma jamoamiz, jamoaviy
12:00. - Og'ir atletika. Erkaklar, 61 kg. Adhamjon Ergashev
13:10. - Boks. Erkaklar, -80 kgda chorak final. To'rabek Xabibullaev - Husseyn Iashish (Iordaniya)
13:30. - Suv polosi. Ayollar, 6-tur. O'zbekiston - Qozog'iston
16:00 - Og'ir atletika. Erkaklar, 67 kg, saralash. Doston Yoqubov
16:10. - Engil atletika. Erkaklar, uzunlikka sakrash, final. Anvar Anvarov
16:40. - Boks. Ayollar, -60 kgda chorak final. Rayhona Qodirova - Sixi Vu (Xitoy Taypeyi)
17:45. - Engil atletika. Ayollar, 800 metrga yugurish (ko'pkurash). Ekaterina Voronina.
Fikrlar