So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

02 okt 18:30
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining to'qqizinchi kunida o'zbekistonlik sportchilar uchta medal qo'lga kiritishdi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Bugun, 2 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarining to'qqizinchi kun bahslari bo'lib o'tdi.

Kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi azolari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

Kumush:

SHahriyor Mahkamov (eshkak eshish)

Vladlen Denisov (eshkak eshish)


Bronza:

Ekaterina SHubina/Arina Tanatmisheva (eshkak eshish)


- - - - - 


Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


SAHIFANI YANGILASH


18:00. SHarifa Davronova uzunlikka sakrash bahslarini 15 nafar sportchi ichida 8-o'rin bilan yakunladi. U bir necha kundan so'ng uchxatlab sakrash yo'nalishida ham qatnashadi.


17:38. Suvga sakrash. Vyacheslav Kachanov 15 nafar sportchi ichida 8-o'rinni egalladi. Malumot uchun, rossiyalik Kachanov shu yil O'zbekiston terma jamoasi safiga qo'shib olingandi. Biroz adashibmiz shekilli. Undan ertaga juftlik bahslarida natija kutib qolamiz. 


17:15. Og'ir atletikachimiz SHahloxon Abdullaeva siltab ko'tarish bahslarini 110 kg natija bilan yakunladi. U umumiy hisobda 198 kg natija qayd etdi. Afsuski u bahslarni medalsiz yakunlaydigan bo'ldi. 


17:00. Boksda ertaga qaysi yurtdoshlarimiz jang qilishi aniq bo'ldi.


16:45. Og'ir atletikachimiz SHahloxon Abdullaeva dast ko'tarish bahslarini 88 kg natija bilan yakunladi. U ilk urinishda ushbu natijani ko'rsatdi. Ikkinchi va uchinchi urinishlarda u 92 va 93 kg toshni o'ziga bo'ysundira olmadi.


16:35. SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz Eronga 1,5 : 2,5 hisoblarida yutqazib qo'ydi. Uch nafar shaxmatchimizda durang, Sindarov esa imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Qizlarimiz esa Janubiy Koreyani 4:0 hisobida mag'lub etishdi. Ularning barchasida g'alaba!


16:25. Suvga sakrash bahslarida Vyacheslav Kachanov o'z ishtirokini davom ettirmoqda. 


16:20. Engil atletika. SHarifa Davronova uzunlikka sakrash bahslaridagi ishtirokini boshladi. U ilk chiqishida 6.14 natija qayd etdi


16:05. Og'ir atletikachimiz SHahloxon Abdullaeva o'z chiqishini boshladi. 


— Amirxon Sodiqov ishtirokidagi chorak final bahsi 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 11:20 da boshlanadi. Hamyurtimizga koreyalik Vusyok Li raqiblik qiladi.


15:06. Amirxon Sodiqov nimchorak finalda vetnamlik Quok Fong Leni 7:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi. Takidlash joiz, vetnamlik sportchi biroz oldin O'zbekistonning boshqa bir sportchisi CHen Yao Yuy ustidan g'alaba qozongan edi.


14:37. Kamondan otish. 1/16 final bahslari yakunlandi. Ziyodaxon Abdusattorova bangladeshlik, Nilufar Hamroeva vetnamlik raqibiga mag'lub bo'ldi. Amirxon Sodiqov esa yaponiyalik raqibini 6:4 hisobida mag'lub etib, nimchorak finalga yo'l oldi. 


14:13. Kamondan otish. Yakkalik bahslari davom etmoqda. Ziyodaxon Abdusattorova pokistonlik raqibasini, Nilufar Hamroeva esa butanlik raqibasini 6:0 hisobida mag'lub etdi va 1/16 finalga yo'l oldi. Ayni damda 1/16 final bahslari start olgan.


13:38. Kamondan otish. Yao Yuy CHen 1/32 final bosqichida vetnamlik Quok Fong Lega qarshi bahs olib bordi va 2:6 hisobida mag'lub bo'ldi.  


12:29. CHim ustida xokkey. Terma jamoamiz so'nggi turda Singapurga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. SHunday qilib, O'zbekiston chim ustida xokkey terma jamoasi musobaqani guruh bosqichida, oltita terma jamoa orasida beshinchi o'rinda yakunladi.


9:15. SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz 4-turda Eronga qarshi o'ynashadi. Qizlarimiz esa Janubiy Koreya vakillariga qarshi dona surishadi. Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.


9:01. Kamondan otish. Erkaklar terma jamoamiz 1/8 finalda Eronga, ayollar terma jamoamiz esa Janubiy Koreyaga 0:6 hisoblarida yutqazishdi. 


8:50. Kanoeda eshkak eshish (500 m). Artur Guliev va Kamronbek Axtamovdan tashkil topgan juftlik finalda marraga to'rtinchi bo'lib keldi. 250 metrdan so'ng vakillarimiz birinchi natijani qayd etishayotgan edi. Yakunda to'rtinchi o'ringa tushib qolishdi...


8:44. Baydarkada eshkak eshish (500 m). Ozodjon Amriddinov va Denis Onufriev juftligi finalda marraga ettinchi bo'lib keldi va afsuski medal qo'lga kirita olmadi... Ushbu yo'nalishda ham Xitoy oltin medalni o'ziniki qilib oldi.


8:01. Baydarkachilarimiz yana bir medalni qo'lga kiritishdi! Ekaterina SHubina va Arina Tanatmisheva tandemi juftlikda marraga uchinchi bo'lib kelishdi. BRONZA!


7:57. Nilufar Zokirova va Gulbahor Fayzievadan iborat kanoechi qizlarimiz juftlikda medalsiz qolishdi... Ular marraga beshinchi bo'lib kelishdi.


7:25. Triatlonchilarimiz mikst bahslarida beshinchi natijani qayd etishdi. Ushbu yo'nalishda kuchli uchlikka kirib, medal qo'lga kiritishimizga ozgina qolgandi... Yuqorida turgan 3 va 4-o'rindagi Gonkong va Janubiy Koreya bizdan soniyalar ulushida yaxshiroq bo'lishdi...


7:15. Bizda yana bir kumush medal! Kanoeda 1000 metrga suzish bahslarida Vladlen Denisov kumush medalga ega chiqdi. U peshqadam Xitoy Taypeyi vakilidan soniyaning ulushlariga mag'lub bo'ldi... Exxx... Oltinga juda yaqin kelgandi!


7:04. Kunni medal bilan boshladik! Eshkak eshuvchimiz SHahriyor Mahkamov finalda marraga ikkinchi bo'lib keldi va kumush medalni qo'lga kiritdi! U poyga davomida birinchi o'ringa ham chiqib olgandi. Biroq xitoylik sportchi bu borada hamyurtimizdan yaxshiroq harakat qildi.


6:55. Birozdan so'ng baydarka va kanoeda finallar boshlanadi. Bir necha hamyurtimiz startga chiqadi.


6:45. Kamondan otish. Mikst bahslarida (Ziyodaxon Abdusattorova/Amirxon Sadiqov) Vetnamga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydik.


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

- - - - - -

2 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:

6:00. - Kamondan o'q otish. Mikst, nimchorak final. O'zbekiston - Vetnam

7:00. - Baydarkada eshkak eshish. Erkaklar, 1000 metr, final. SHahriyor Mahkamov

7:10. - Kanoeda eshkak eshish. Erkaklar, 1000 metr, final. Vladlen Denisov

7:50. - Kanoeda eshkak eshish. Ayollar, juftlik, 500 metr, final. O'zbekiston (Gulbahor Fayzieva, Nilufar Zokirova)

7:55. - Baydarkada eshkak eshish. Ayollar, juftlik, 500 metr, final. O'zbekiston (Ekaterina SHubina, Arina Tanatmisheva)

8:10. - Kamondan o'q otish. Ayollar, jamoaviy, nimchorak final. O'zbekiston - Koreya Respublikasi

8:10. - Kamondan o'q otish. Erkaklar, jamoaviy, nimchorak final. O'zbekiston - Eron

8:40. - Baydarkada eshkak eshish. Erkaklar, juftlik, 500 metr, final. O'zbekiston (Ozodjon Amriddinov, Denis Onufriev)

8:45. - Kanoeda eshkak eshish. Erkaklar, juftlik, 500 metr, final. O'zbekiston (Artur Guliev, Kamronbek Ahtamov)

10:30. - CHim ustida xokkey. Erkaklar, "A" guruhi, 6-o'yin. O'zbekiston - Singapur

12:00. - SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz, jamoaviy

12:00. - SHaxmat. Ayollar terma jamoamiz, jamoaviy

12:25. - Kamondan o'q otish. Erkaklar, yakkalik, 1/32 final. Yaa Yuy CHen - Quok Fong Ie (Vetnam)

13:15. - Kamondan o'q otish. Ayollar, yakkalik, 1/32 final. Ziyodaxon Abdusattorova - Nihat Nahed (Pokiston)

13:15. - Kamondan o'q otish. Ayollar, yakkalik, 1/32 final. Nilufar Hamroeva - Sonam CHoden (Butan)

13:45. - Kamondan o'q otish. Erkaklar, yakkalik, 1/16 final. Amirxon Sodiqov

16:00. - Og'ir atletika. Ayollar, 64 kg. SHahloxon Abdullaeva

16:00. - Suvga sakrash. Erkaklar, 1 metr, final. Vyacheslav Kachanov

16:10. - Engil atletika. Ayollar, uzunlikka sakrash, final. SHarifa Davronova.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
02 okt 16:40:46
Bulent Ersoy
Baraka tosin sport kanali bitta translatsiyani eplolmayapti qoyil shuniyam qozog'iston kanalida kuraman endi olamsportga raxmat xech bulmasa onlayn xabar berib turibsila
+1   
02 okt 11:50:28
Bulent Ersoy
Biz Qozgistondan 10-9 medal oldinda edik bugun 7 qisqardi hindlar shuncha orqada edi 15 medal farqi bn oldinga utib keti bugu tilla buyicha Tayoeyni oldinga utqizdik bklmadim oxiri nima buladi faqat tilla soni buyicha mas medallar soni buyichayam biznikilar oldinga utishini istardim Inshaalloh omad yor bulsin bugun baydarka va canoega ishongandim xech bumasa qanaqa busayam 6 medal qushiladi deb afsus ungayam ishonch.yo'q ekan omad omad omad
   
02 okt 19:11:20
Bulent Ersoy
Albatda adashgansiz bu yil bitta yosh sportchi chiqqan lidirlar bn bir xil natija kursati shu olish kere edilekin uzimizda shunisixam yo'qku mayli deb bizni nomimizda qatnashapti raxmat kelgusida omad Rossiya chempionini olish keredi
   
02 okt 16:34:50
Bulent Ersoy
Birontasini kuramizmi yo zapisni kuramizmi yana
   
02 okt 15:12:08
Bulent Ersoy
Lekin bizga xozir povtorlar kere tv da faqat povtor berib yotibti kursatila iltimos joni musobaqalarni
   
02 okt 11:22:47
Bulent Ersoy
Bizda bugun kurashda xech kim yo'qmi
   
02 okt 09:26:14
Bulent Ersoy
Guliye jaxon chempioni bulaturib osiyoda medal olmagani ajablanarli
   
02 okt 08:46:12
Bulent Ersoy
Denisov og'idagi oshni kuz oldida oldirib quydi ex undan kura orqada qolgandayam buncha alam qilmasti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing