02 okt 12:56
Yangiliklar
Paralimpiya

Osiyo rekordini yangilagan Karomat Omonova Jahon chempioniga aylandi!
Para engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tkazilayotgan Jahon chempionatida navbatdagi medalga ega chiqdi.
Ayollar o'rtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli hamyurtimiz Karomat Omonova 13.07 m natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelish barobarida Osiyo rekordini ham yangiladi.
Jahon chempionati
Ayollar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F46)
1. Karomat Omonova (O'zbekiston) - 13.07 (Osiyo rekordi)
2. Xolli Robinson (Yangi Zelandiya) - 12.86 (Okeaniya rekordi)
3. Keti Pegg (Kanada) - 12.76
Omonovaning ishtirokidan so'ng medallarimiz soni 8 taga etdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush hamda 1 ta bronza. Bellashuvlar davom etadi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar