So’nggi yangiliklar

20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 17:30Осиё ўйинларининг илк кунини битта медаль билан якунладик 0 13:30Ўзбекистон Аичи-Нагоя Осиё ўйинларидаги илк медалини қўлга киритди 0 09:57"Бу адолатдан эмас". Рафинья "Олтин тўп" номинантлари рўйхатида йўқлиги ҳақида гапирди 0 09:42Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 5-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:59Рамазон Темировнинг вазнида чемпион ўзгармай қолди 0 08:14Арман Царукян тирсак зарбасини билан рақибини нокаут қилди 0 07:51Туркия. Шомуродов дубл қайд этган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабани тантана қилди 0 21:00Туркия ва Аргентина мағлуб этилди. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-тури Ўзбекистон учун қандай ўтди? (барча натижалар) 0 19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0

10 sen 20:33
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyoning yirik kompleks musobaqalariga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) sport qo'mitasi onlayn uchrashuv o'tkazdi.

Unda OOK shafeligida o'tkaziladigan yirik sport musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.

2021 yilda Osiyo Olimpiya kengashi qitamizda 3 ta yirik turnir o'tkazadi. Ular – aprel oyida Xitoyning Sane shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo sohil o'yinlari, may oyida Tailandning Bangkok va CHonburi shaharlarida Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, noyabr oyida Xitoyning SHantou shahrida uchinchi o'smirlar Osiyo o'yinlaridir. 2022 yilning aprel oyida esa Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Mazkur yig'ilishda o'yinlar Tashkiliy qo'mitalarning vakillari bo'lajak musobaqalarning sport dasturlarini, bellashuvlar o'tadigan obektlarning tayyorgarligi, musobaqalarni boshqarish va o'tkazish rejalari bo'yicha taqdimot o'tkazishdi.

Sane shahridagi oltinchi Osiyo sohil o'yinlari 2020 yil noyabr oyida bo'lib o'tishi rejalangan edi. Biroq COVID-19 pandemiyasi sababli 2021 yilning 2-10 apreliga ko'chirildi. Unda ishtirok etish uchun 43 milliy Olimpiya qo'mitalarining 3173 nafar atleti (1923 erkak va 1250 ayol) sportning 17 turi bo'yicha bellashish uchun ro'yxatdan o'tganlar.

Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari 2021 yilning 21-30 may kunlari Bangkok shahri va CHonburi provinciyasida o'tkaziladi. Musobaqada atletlar sportning 29 turida bellashishadi. SHuningdek, O'yinlarda 290 ta start, sportning ikki turi, shu jumladan tekbol bo'yicha sinov musobaqalar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

2021 yilning 20-28 noyabrida Xitoyning Guandun provinciyasi, SHantou shahrida uchinchi Osiyo o'smirlar o'yinlari bo'lib o'tadi.

Osiyo Olimpiya kengashining vice-prezidenti Sun Lyuzen onlayn uchrashuvni yakunlar ekan, Osiyo va butun dunyoda sportni rivojlantirishga xizmat qiladigan ushbu O'yinlarga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko'rilayotganligini takidladi. Tashkiliy qo'mitalarning taqdimotlari natijasida ushbu muhim musobaqalarga tayyorgarlik to'g'risida aniq tasavvur hosil bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing