20 okt 14:08
Yangiliklar
![](/upload/storage/47141_220.jpg)
O'smirlar Olimpiadasi chempioni bo'lgan Abdumalik Xalakov Bektemirning natijasini takrorladi
Xalakov ushbu natija orqali Bektemir Meliqo'zievning natijasini takrorladi.
Bungacha Bektemir Meliqo'ziev 2014 yili Sofiya mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati, shuningdek, 2014 yilgi Nankin Olimpiadasida oltin medalga ega chiqqandi. Abdumalik Xalakov esa shu yil Budapesht mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egallagandi. Endi u Buenos-Ayres mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlarida chempion bo'ldi.
Bektemir Meliqo'ziev ushbu muvaffaqiyatga erishganidan 2 yil o'tib, 2016 yilda kattalar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritgan. Abdumalikdan ushbu ko'rsatkichni nafaqat takrorlash, balki yaxshilashni ham kutib qolamiz.
Fikrlar