02 noy 11:46
Yangiliklar
O'smirlarimiz Qozog'istondagi turnirda 22 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi
Musobaqada mezbonlardan tashqari Markaziy Osiyoning barcha davlatlari hamda Rossiya Federaciyasidan kelgan 800 nafarga yaqin dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqdi. Ular orasida Tohir Fayziev murabbiyligidagi o'smirlarimiz ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi.
Dzyudochilarimiz musobaqa yakunida 11 ta oltin, 7 ta kumush, 4 ta bronza, jami 22 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Qozog'istonlik dzyudochilar ikkinchi o'rinni band etishdi. Ayrim vazn toifalarida sof o'zbekcha finallarga ham guvoh bo'ldik.
Temirtauda shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medal sohiblari
-40 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Mahfira Ro'ziboeva
-52 kg: Zuhra Alimova
-63 kg: Durdona Tursunova
-70 kg: Intizor Uzoqboeva
+70 kg: Umida Nig'matova
-55 kg: Xushnud Burhonov
-66 kg: Sanjar Ashurov
-73 kg: Samandar Sunnatov
-81 kg: Inom Bahodirov
-90 kg: Musurmon Ahrorov
Kumush medal sovrindorlari
-48 kg: Nargiza Do'smamatova
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-63 kg: Farangiz Xudoyberganova
-50 kg: Xushnud Sultonov
-60 kg: Dilshod Karimov
-81 kg: Mustafo SHermahmatov
+90 kg: Munisbek Sodiqov
Bronza medal sovrindorlari
-44 kg: Dinara Hasanova
-57 kg: SHahrizabonu Sultonova
-63 kg: Zuhra Umarova
-70 kg: Sevinch Rasulova
Fikrlar