07 iyu 19:48
Yangiliklar
Dzyudo
O'smirlarimiz Sankt-Peterburgdan 11 ta medal bilan qaytishdi FOTOGALEREYA
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilgan nufuzli xalqaro turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etdi.
Quvonarlisi, 2006-2008 yillarda tavallud topgan dzyudochilar ishtirokidagi ananaviy Anatoliy Raxlin Kubogida o'smirlarimiz 3 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindor dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-40 kg: Sarvinoz Abdusamatova
-44 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Oybek Rajabov
Kumush medallar
-50 kg: Arapbay Dauirbaev
-55 kg: Hasanboy Elmurotov
-73 kg: Azamat Ablakulov
Bronza medallar
-40 kg: Umida Qo'ldosheva
-52 kg: Aziza Davronova
-57 kg: Mohinur Allaberganova
-66 kg: Inoyat Telmanov
-90 kg: Hakimjon Mahkamov
Murabbiylar - Tohir Fayziev, Muhammad Yusuf Haydarov, Abduvosiq Toshmatov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar