24 okt 16:00
Yangiliklar
Ostindagi UFC turniri janglaridan biri bekor qilindi
O'rta vazn toifasida UFC chempionligi uchun sobiq davogar Jared Kannonir mashg'ulot vaqtida tizzasidan jarohat oldi. Buning natijasida uning Roman Dolidzega qarshi jangi bekor qilindi.
"Payshanba kuni jarrohlik stoliga yotaman. Tizzamning mushak bog'lamalari uzilib ketdi. Dekabr oyidagi jangim o'tkazilmaydi. Bu haqda UFC`dagilarni ham ogohlantirdim. Ular bundan xabardorlar", - deya Kannonirning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Jaredning aytishicha, unga Paulo Kostaning o'rniga Xamzat CHimaev bilan jang qilish taklifini berishgan ekan.
"Menga CHimaevga qarshi oktagonga chiqish taklifi bilan qo'ng'iroq qilishdi. Menejerimga "ha" degan javobni aytishga ulgurmay, mashg'ulotda jarohat olib o'tiribman. Menga 10 oktyabr kuni qo'ng'iroq qilishgan edi", - dedi Kanonir.
Roman Dolidze omadsiz jangchi bo'lib qolmoqda. Avvalroq uning Derek Branson bilan jangi bekor bo'lgandi.
Fikrlar