08 fev 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Overim mag'lubiyatdan so'ng Volkovga murojaat qildi
UFCning og'ir vaznli jangchisi Alistar Overim kecha Aleksandr Volkovga yutqazib qo'ydi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Overim Aleksandr Volkovni tabrikladi.
"Aleksandr, sen haqiqiy jangchisan. G'alaba bilan tabriklayman. Bu mening kunim emasdi. Hozir maqsadim sog'lig'imni tiklash va oilam bilan birga vaqt o'tkazish. Yaqin orada yana zalga qaytaman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchaga rahmat. Barchangizni qadrlayman", - dedi Overim.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan UFC jangida Aleksandr Volkov Alistar Overimni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar