So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

27 iyu 19:30
Yangiliklar

Futbol, Qiziqarli!

O'z oyog'iga o'zi "bolta urganlar" yoxud Madridda "ketmoni uchmagan" yulduzlar

“Real Madrid”da o'ynash ko'plab futbolchilarning orzusi va bu orzuga kamdan kam o'yinchilar erishadi.

Biroq, “qirollik” jamoasidagi karerasini yomon xotiralar bilan eslovchi iqtidorlar ham mavjud...

Bugun biz sizga aynan mana shunday toifaga mansub 5 nafar mashhur futbolchilarni tanishtiramiz. 

Klas-Yan Xyuntelar (Niderlandiya) 

Xyuntelarning “Real Madrid”dagi debyut mavsumi u qadar yomon kechmagan. Futbolchi La Liganing 20ta bahsida 8ta gol urgan. Madrid klubi Klasni “Ayaks”dan 2008 yil 20 million evroga sotib olgandi. Niderlandiyalik futbolchi “Ayaks”da 92 uchrashuvda 76 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan edi va Ispaniyada ham undan ko'proq narsa kutilgandi. 

“Real” yanvarda Lassana Diarra bilan bitim imzoladi. Ushbu transfer Xyuntelarga qattiq zarba bo'ldi. O'sha paytdagi UEFA qoidalariga ko'ra, Evropaning eng nufuzli turnirida yangi kelganlardan faqat bittasi tarkibga kirishi mumkin bo'lgan. Jamoa Lassanani tanladi, niderlandiyalik futbolchi esa chetda qoldi...

Xyuntelar Madridda bor yo'g'i 6 oy to'p surdi. SHundan so'ng, u “Milan”ga ko'chib o'tdi. Keyinchalik “SHalke”da o'ynab, yana Gollandiyaga qaytdi va “Ayaks” bilan shartnoma imzoladi.



Aren Robben (Niderlandiya) 

Robben klublar miqyosidagi deyarli barcha sovrinlarni yutishga muvaffaq bo'lgan. U barcha davrlarning eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri, ammo “Real Madrid”da 2ta o'ta passiv mavsum o'tkazdi. Aren 2007 yil “CHelsi”dan 36.5 million evroga transfer qilindi. 

Keyinchalik klubga Kaka va Ronalduning kelshii niderlandiyalik futbolchining klubdan ketishini tezlashtirib yubordi. 2008-2009 yilgi mavsum yakunlangach, Robben “Bavariya” safiga borib qo'shilgandi. U “Real”da 65ta o'yinda 13ta gol urishga erishdi. Myunxen klubida esa 309 uchrshauvda 144ta to'p kiritgan.


Nuri SHahin (Turkiya) 

Turk futbolining yorqin kelajagi sifatida baholangan Nuri SHahin 2011 yil “Borussiya D” safidan “Real Madrid”ga 10 million evro evaziga kelib qo'shildi. Biroq, bu qaror turkiyalik futbolchi uchun faoliyatidagi eng noto'g'ri yurish bo'ldi. U Bundesligadagi so'nggi yilida chempionatning “eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topilgan edi. 

SHahin 2011-2014 yillar oralig'ida Madrid klubida harakat qildi va La Ligada atigi 4ta uchrashuv o'tkazdi. Orada bir yil “Liverpul”da ijara asosida o'ynab kelgan. Keyinchalik yarimhimoyachi “Real”dagi faoliyatidan afsuslanmasligini aytib o'tgan. 

Turkiyalik futbolchi 31 yoshida “Antalyaspor”da faoliyatini yakunladi va hozirda ushbu klub bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.



Maykl Ouen (Angliya) 

Angliya futbolining eng taniqli vakillaridan biri Ouen faoliyatining juda ko'p qismini jarohatlari bilan o'tkazib yuborgan. Inglizlarning so'nggi “Oltin to'p” sohibi 2004 yil “Liverpul”ni “Real Madrid”ga alishtirgandi. 

Maykl Madriddagi faoliyatining boshida jismoniy holat bilan bog'liq muammolar sababli zaxira o'rindig'ida qolib ketdi. Albatta, Rauldek futbolchi bilan asosiy tarkib uchun raqobat qilish o'ta mshkul ish. SHu bois, u Ispaniyada o'z o'rnini topa olmadi. 

Ingliz futbolchisi “qirollik” klubida 36ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi. Kelasi yil Ouen Angliyaga qaytib, “Nyukasl” bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik “Manchester Yunayted”da o'ynadi va “Stok Siti”da 2013 yil butsalarini “mixga ildi”. 

Kaka (Braziliya) 

“2009 yil Madriddan kelgan taklifni qabul qildim, ammo transferdan keyin “Milan”da qilgan ishlarimni takrorlay olmadim. Go'yoki, adashib qolgandim. Italiya hamma meni yaxshi ko'rardi, Ispaniyada esa barcha ketishimni xohlardi”– deb xotirlaydi Kaka. Ushbu jumlalar orqali braziliyalik futbolchining Madriddagi karerasi qaynday o'tganini payqab olish mumkin. 

Kaka futbolda cho'qqiga chiqqan davrida “Real Madrid”ga ko'chib o'tdi. “Milan”dagi so'nggi mavsumida 2007 yil “Oltin to'p”ga ega chiqqandi. U o'shanda ispan klubi uchun 67 million evroga tushgan. Ammo Ronaldu va O'zil kelishi bilan Kaka zaxirada qolib keta boshladi.

SHuningdek, u jarohatlar girdobiga ham tushib qolgandi. Yarimhimoyachi “Real”dagi 4 yilida jami 85ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan. Keyinchalik Kaka yana “Milan”ga qaytdi, biroq, avvalgi Kakadan asar ham qolmagandi...


Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing