22 jan 23:49
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschisining g'alabasi. Rustam Saidov va Vladimir SHin xorijiy terma jamoa rulida + FOTOGALEREYA
Toshkentda boks bo'yicha 22 yoshgacha bo'lgan erkaklar va ayollar o'rtasida Osiyo chempionati boshlandi.
Bugun kunning dastlabki janglari tashkil etildi. Unda o'zbekistonlik Javlonbek Yo'ldoshev saudiyalik raqibini nokautga uchratib, g'alabaga erishdi.
Yana bir etiborli jihat, o'zbekistonlik mutaxassislar Vladimir SHin va Rustam Saidov xorijiy terma jamoalar murabbiyi sifatida Osiyo chempionatiga kelishgan. Vladimir SHin Yaponiya terma jamoasini bir necha yillardan buyon boshqarayotgan bo'lsa, Olimpiya o'yinlari sovrindori Rustam Saidov Malayziya terma jamoasi ustozi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Bugungi janglardan olingan ajoyib suratlarni tomosha qiling.
Suratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar