So’nggi yangiliklar

07:32Фабио Каннаваро: “Илгари муаммолар кийиниш хонасида ҳал қилинарди, ҳозир эса...” 0 07:01UFC Fight Night 293 тарози натижалари. Асосий жанг иштирокчиси рақибидан 10 кг оғир чиқди 0 20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0

18 iyu 20:52
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek boksida kubalik mutaxassis ish boshladi

O'zbekistonda bokschilar tayyorlashning milliy standarti joriy qilinadi, yurtimizda kubalik tajribali professor ish boshladi.

Xabaringiz bor, 23 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida  sportni ommalashtirish, sport talimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo'yicha katta yig'ilish tashkil etilgandi. Bu borada O'zbekiston boks federaciyasi tegishli chora-tadbirlarni olib bormoqda. Bungacha federaciya rahbariyati viloyatlarda safarda bo'lib, hududlardagi vaziyatlarni, u erdagi holatni o'rgandi.

Ana shu ishlarning mantiqiy davomi sifatida federaciya selekciya tizimini rivojlantirish bo'yicha navbatdagi katta qadamni tashladi. Prezident topshirig'i asosida boksi jahonda taraqqiy etgan Kuba mamlakatidan kelgan professor, Kubada zamonaviy boks maktabining bugungi uslubini yo'lga qo'ygan tajribali mutaxassis Karlos Vilyanueva endi O'zbekiston boks federaciyasida maslahatchi sifatida ish boshladi. 



Malumot uchun, Karlos Vilyanueva ulkan va boy tajribaga ega professordir. Boks yo'nalishida 48 yillik tajribaga ega. Kubada bugungi zamonaviy va milliy boks uslubi asoschilaridan biri. Mamlakatda boks maktablari va boks bilan shug'ullanuvchilar uchun ishlab chiqilgan ko'plab uslubiy qo'llanmalar muallifidir.  Uning qo'llanmalari Kubada darslik sifatida o'rganiladi. Faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy qo'llanmalarni ishlab chiqqan, u yaratgan qo'llanmalar asosida bir qator mamlakatlarda boks tizimi tashkil etilgan. 

Ilmiy ishlardan tashqari, ko'plab mamlakatlarda murabbiy sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. SHogirdlari qatorida Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarining oltin medal egalari bor. Angola, Hindiston, Nikaragua, Pokiston, Venesuela, Meksika, Tayvan, Turkiya kabi mamlakatlarda turli lavozimda ishlagan. Bir qator tajribali murabbiylarning, shu jumladan bugungi kunda Kuba terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Rolando Asebalning ham ustozi hisoblanadi.

Kubalik mutaxassisning vazifasi shundan iboratki, u Kuba va O'zbekiston boks tizimini o'rganib, tahlil qilgan holda mamlakatimizda bokschilar tayyorlashning yagona uslubiy qo'llanmasini yaratish ishlarida yaqindan yordam beradi. Ushbu loyiha yo'lida O'zbekiston boks federaciyasi va O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilaridan tashkil topgan ishchi guruh tuzildi. Ayni paytda bu ishchi guruh o'rganish ishlarini boshlab yuborgan. 

O'zbekiston boks federaciyasida o'tkazilgan yig'ilishda ham universitetda faoliyat olib boruvchi professor, docentlar bilan birgalikda ushbu loyiha muhokama qilindi, bir qator muammolar tahlil qilindi. Qilinadigan ishlar rejalashtirildi, yo'l xaritalari tuzib olindi. Unga ko'ra, ishni tizimli yo'lga qo'yishda murabbiylar malakasini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanlini alohida takidlandi. 

Yana bir yangilik - rejaga binoan, endi O'zbekistonda bokschilarni tayyorlash bo'yicha milliy standart ishlab chiqiladi. Ana shu standart bolalar va o'smirlar sport maktablari, boks maktablari, Olimpiya zaxiralari kollejlarida joriy qilinadi va yangi tizim asosida bokschilar tayyorlanadi. Bu esa o'z navbatida selekciyani samarali tashkil etish, yangidan-yangi nomlarni kashf etishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
18 iyu 21:22:11
dilmurodmuminov67@gmail.com
хозирги кунда боксимиз кубадан кам эмас унга сариф килинган пулни чекка кишлок бокс залларига ажратилган яхширок бўларди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing