So’nggi yangiliklar

11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0

25 iyu 10:10
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbek dzyudosining istiqbolli rejalariga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi FOTOGALEREYA

Sportga ixtisoslashgan ko'plab ommaviy axborot vositalarining nigohi O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida tashkil etilgan matbuot anjumaniga qaratildi.

Unda O'zbekiston dzyudo federaciyasining 2022 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati, oldindagi rejalar va kuni kecha dzyudo haqida elon qilingan Prezident qarori bo'yicha matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avaz Karimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari, Xalq talimi vazirligi mutasaddilari, o'zbek dzyudosining jonkuyar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Oybek Kasimov davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan muhim qarorga sharh berar ekan, bu hujjat kelgusida o'zbek dzyudosining yangi zafarlari uchun asos bo'lishini takidladi. SHuningdek, unda yosh dzyudochilarni selekciya qilish va ushbu sport turi ommaviyligini oshirish bo'yicha ko'rsatilgan tizimga alohida to'xtalib o'tdi. Unga ko'ra, maktabgacha talim muassasalari, maktablar va undan so'ng internatlarda dzyudo talimining joriy etilishi kelajakda o'z samarasini ko'rsatadi.

SHundan so'ng Azizjon Kamilov so'nggi 6 oy davomida O'zbekiston dzyudo federaciyasida amalga oshirilgan ishlar, terma jamoamizning o'tgan musobaqalarda qayd etgan natijalari, oldindagi rejalar haqida batafsil malumot berdi. Bu yil mamlakatimizda ilk bor o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik mavzusi kun tartibidan alohida o'rin egalladi.

Qolaversa, Azizjon Yakubjanovich Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Maktablarda dzyudo” loyihasi, qisqa muddat ichida 13 hududda barpo etilgan engil konstrukciyali dzyudo zallarining faoliyati haqida to'xtalib, bu borada olib borilayotgan ishlar Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirishga yordam berishini takidladi.

Tadbir davomida Avaz Karimov hamda SHerzod Tashmatov ham so'z olib, dzyudochilarimiz qayd etayotgan natijalar, jahon chempionatiga Sportni rivojlantirish vazirligi hamda MOQ tomonidan olib borilayotgan tayyorgarlik haqida qo'shimcha qilishdi.

SHundan so'ng OAV xodimlari anjumanda ko'tarilgan mavzular yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Unda Azizjon Kamilov Prezident Qarori asosida faoliyat olib boradigan dzyudo akademiyasi, terma jamoalarimizning oldinda turgan Islom birdamligi o'yinlari va jahon chempionatiga eng optimal tarkiblarda tayyorlanishi haqida gapirib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing