13 mar 06:46
Yangiliklar
O'zbek karatechilarining Qozog'istondagi muvaffaqiyati
Musobaqada mezbonlardan tashqari Qirg'iziston, Tojikiston hamda mamlakatimizdan jami 350 nafar sportchi g'oliblik uchun tatamiga chiqdi. O'zbekiston nomidan ushbu musobaqada qatnashgan “Nur-Xas” shinkiokushinkay karate markazining uch nafar vakili yakunda sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Jumladan, o'smirlar o'rtasida 45 kg.gacha vazn toifasida tatamiga chiqqan Og'abek Xoliqulov bronza medaliga sazovor bo'ldi. Mardonov Tolib esa kata bahslarida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi va u ham bronza medali bilan taqdirlandi.
Qizlar o'rtasida vazni 55 kg.gacha bo'lgan sportchilar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda O'g'iloy Sayfieva ham jamoadoshlari ananasini davom ettirib, bronza medalini qo'lga kiritdi. Navoiylik hakam Mutal Nazarov “Eng halol hakam” nominaciyasiga munosib ko'rildi.
Fikrlar