So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

06 may 12:56
Yangiliklar

Xokkey

O'zbek sportida tarixiy voqea! Jasurbek Rustamxonov AQSH xokkey klubi tomonidan draft qilindi!

U 2026 yilgi draftda "Dubuque Fighting Saints" jamoasi tomonidan 11-raundda 177-raqam ostida tanlab olingan.

Joriy mavsumda 18 yoshli Rustamxonov CHexiyaning "Karlovy" yoshlar jamoasida o'ynadi. U 30 ta o'yinda 23 ochko (13 ta gol va 10 ta assist) to'pladi.

AQSH yoshlar xokkey ligasida ishtirok etuvchi "Dubuque Fighting Saints" klubining bosh menejeri Trevor Edvards o'zbekistonlik hujumchini yuqori baholab, uni "juda dinamik va samarali gol urish qobiliyatiga ega o'yinchi" deb atadi. SHuningdek, Rustamxonovning xalqaro musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi safida ajoyib o'yin ko'rsatganini takidladi.

Malum qilinishicha, xokkeychi iyun oyida AQSHning Ayova shtati, Dubyuk shahriga sinov yig'ini uchun boradi. Klubning asosiy yig'ini 9–12 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Ikki kunlik draft davomida jamoa jami 30 nafar o'yinchini tanlab olgan.

USHL — SHimoliy Amerikadagi eng kuchli yoshlar xokkey ligalaridan biri bo'lib, u orqali o'yinchilar keyinchalik NCAA va NHL kabi yuqori darajalarga chiqish imkoniga ega bo'lishadi.

Bu O'zbekiston xokkeyi tarixidagi ilk draft hisoblanadi. Malumot uchun, Draft qilindi degani — klub uni kelajakda jamoaga qo'shish uchun tanlab oldi deganidir. Bu hali rasmiy shartnoma emas, lekin katta imkoniyat. Jasurbek Rustamxonov avval sinov yig'inidan o'tishi kerak. Agar o'zini yaxshi ko'rsatsa, AQSHda o'ynashni boshlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing