So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

14 iyu 18:53
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbek taekvondo yulduzlari arafa kuni savobli ishga qo'l urishdi

Teglar :  Taekvondo
Barchamizga malumki, o'zbek xalqi azal-azaldan islom olamining muqaddas bayramlarida o'zining sahiylik, bag'rikenglik va insonparvarlik hislatlarini namoyon etib kelgan.

Bugun, 14 iyun kuni muqaddas Iydu Ramazon bayrami arafasida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi va taekvondo WTF associaciyasi tashabbusi bilan tadbir tashkil qilindi. Unda o'zbek taekvondosi yulduzlari Jasur Boyqo'ziev, Nikita Rafalovich, Dmitriy SHokin, Niyoz Po'latov, Nigora Tursunqulova, Svetlana Osipova va terma jamoamizning boshqa azolari bosh murabbiy Akmal Ergashev va Taekvondo WTF associaciyasi rahbarlari bilan birga poytaxtimizdagi "Muruvvat" nogiron bolalar uchun 2-son internat uyida mehmon bo'lishdi.
Sportchilar tadbirida ishtirok etib, bolajonlar uchun o'ziga xos bayram uyushtirib berishdi. Estradamiz yulduzlari Farrux Komilov hamda "Afro'z" guruhi ham o'z chiqishlari bilan bayramga o'zgacha kayfiyat bahsh etishdi. Tadbir davomida maxsus-internat tarbiyalanuvchilariga o'yin-kulgi uyushtirib berildi, turli sovg'alar taqdim etildi.

Albatta, mana shunday muqaddas kunlarda etiborga muhtojlarning holidan xabar olish o'zbek xalqining olijanob hislatlaridan  hisoblanadi. SHunday ekan, tashkil etilgan ushbu tadbir ham savob, ham ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish yo'lida o'ziga hos namuna vazifasini bajarib berganligini qayd etib o'tishimiz lozim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing