20 iyu 09:50
Yangiliklar
O'zbek va koreys bokschilarining Seuldagi qo'shma mashg'ulotidan FOTOREPORTAJ
Muhammadyusuf Najmiddinov murabbiyligidagi charm qo'lqop ustalarimiz 29 iyul kuni FW1 promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan professional boks kechasida o'z janglarini o'tkazishadi.
Etiborlisi, oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz SHahzodbek SHarobiddinov (5-1) koreyalik Son Kvan Liga qarshi ringga ko'tariladi. O'n ikki raundlik jang g'olibi WBA Asia kamariga ega bo'ladi.
Bokschilarimiz hozirda kuniga ikki mahaldan koreyalik bokschilar bilan birgalikda mashg'ulotlarni o'tkazishyapti. Kechagi kun mashg'ulotlariga Koreya sport vaziri ham tashrif buyurdi.
SHuningdek, Koreyadagi boks kechasida bokschilarimizdan Husniddin Maraimov, Doniyorbek Hayitaliev, SHahbozbek Tolibjonov, Sirojbek Ismoilov va Dovrug'bek Ibragimovlar ham o'z janglarini o'tkazishadi.
Fikrlar