11 sen 14:44
Yangiliklar
Ceuldagi oqshomda ringga ko'tarilgan 6 bokschimizning barida g'alaba + FOTO
FW1 Promotion hamda "Favzul Munavvar" promouterlik kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan ushbu prof boks oqshomida 6 nafar charm qo'lqop ustamiz ham ringga ko'tarildi. Markaziy jang hamyurtimiz Egamberdi Nuriddinov hamda xitoylik Ma Xoa Jie o'rtasida bo'lib o'tdi.
Nuriddinov 6 raundlik jangni muddatidan avval o'z foydasiga hal qildi. Hamyurtimiz tajribali raqibini 5-raundda texnik nokautga uchratgan. Bu Egamberdi Nuriddinovning prof ringdagi uchinchi jangidagi ikkinchi g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida 1 ta durang ham bor. Tajribali Ma Xoa uchun esa bu faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyat edi. G'alabalari soni 20 taligicha qoldi.
Bokschilarimizdan Doniyorbek Hayitaliev koreyalik Kim Ju Hyunni ochkolar hisobiga ko'ra engdi. Husniddin Maraimov 3-raundda Vong-Gu Lini, Dovrug'bek Ibragimov 1-raundning 1-daqiqasidayoq Ju Hyun Junni, SHahzodbek Tolibjonov 4-raundda Do-Gyom Kimni texnik nokautga uchratdi.
Sirojbek Ismoilov va Xyo Han Jeon (Janubiy Koreya) o'rtasidagi jang sparring maqomida o'tkazildi. Unda Ismoilov 4-raundda raqibining jigar qismiga aniq zarba yo'llashi natijasida jang referi tomonidan to'xtatildi.
Fikrlar